Guru Dat
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vasant Kumar Shivashankar Padukone (ruscha: Васант Кумар Шивашанкар Падуконе, 1925-yil 9-iyul—1964-yil 10-oktabr) — Guru Dat nomi bilan tanilgan hind kino rejissyori, prodyuseri, aktyori, xoreograf va yozuvchisi edi[1][2][3]. 2012-yilda u CNN telekanalining „Osiyoning eng yaxshi 25 aktyori“ qatoriga kiritilgan[4]. Dat oʻzining badiiy mahorati, xususan, yaqindan suratga olish, yorugʻlik va melanxoliya tasvirlaridan foydalanishi uchun maqtovga sazovor boʻlgan[5]. U jami 8 ta hind filmiga rejissyorlik qilgan, ulardan bir nechtasi xalqaro miqyosda mashhurlikka erishgan[6]. Bunga Time jurnalining 100 ta eng zoʻr filmlar roʻyxatiga kirgan Pyaasa (1957) hamda Kaagaz Ke Phool (1959), Chaudhvin Ka Chand (1960) va Sohib Bibi Aur Ghulom (1962) kiradi. Hind kinosidagi eng zoʻr filmlar qatoridan joy olgan[7][8][9].
Guru Dat | |
---|---|
Tavalludi |
Vasant Kumar Shivashankar Padukone 9-iyul 1925-yil |
Vafoti |
10-oktyabr 1964-yil(1964-10-10) (39 yoshda) Bombay, Maharashtra, Hindiston (hozirgi Mumbay) |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1946—1964-yillar |
Turmush oʻrtogʻi | |
Bolalari | 3 |
Qarindoshlari | Atma Ram (aka), Lalita Lajmi (singlisi), Kalpana Lajmi (jiyan), Shyam Benegal (amakivachchasi) |