![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/41/Gurlan.jpg/640px-Gurlan.jpg&w=640&q=50)
Gurlan tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gurlan tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tumani. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Janubda viloyatning Shovot tumani, janubi-sharqda Yangibozor tumani va sharq, shimol va shimoli-gʻarbda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Hududi 447,4 kv.km ni tashkil qiladi. Gurlan tumani viloyat hududining 7,3 foizini egallaydi. Mahalla fuqarolari yigʻinlari soni 50 ta, qishloq aholi punktlari soni 31 ta, shaharchalar soni 9 ta. Aholisi 152 ming kishi kishi (2022-yil 1-yanvar).[2].Gurlan tumanida 1 shaharcha (Gurlan), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Birlashgan, Vazir, Guliston, Doʻsimbiy, Olgʻa, Saxtiyon, Xizireli, Sholikor, Eshimjiron) bor. Markazi — Gurlan shaharchasi[3].
Qisqa faktlar tuman, Tarkibida ...
| |
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Xorazm viloyati |
Maʼmuriy markazi | Gurlan |
Asos solingan sanasi | 1926-yil |
Hokim | Jumaniyozov Umrbek Matkarimovich |
Aholi (2022) | 152 ming kishi[1] |
Zichligi | 334 kishi./km² |
Millatlar tarkibi | Oʻzbeklar |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar |
Maydoni | 0,45 ming km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
![]() | |
41°50′30″N 60°23′45″E |
Yopish