Guanaxuato
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Guanaxuato — Meksikadagi shtat, mamlakatning markaziy qismida. Maydon 30,5 ming km2. Aholisi 4,6 mln. kishidan ziyod (2000). Maʼmuriy markazi — Guanaxuato sh. Meksika togʻligining janubida, Lerma daryosining yuqori oqimida joylashgan. Yer yuzasi oʻrtacha balandligi 1800 m li platolardan iborat, baʼzi choʻqqilarning balandligi 3000 m gacha. Iqlimi tropik iqlim. Yillik yogʻin oʻrtacha 500–1000 mm. Qadimda ahrli zich yashagan. 16—19-asrlarda kumush qazib olingan. Konchilik ishlarining pasayishi bilan iqtisodi qam tushkunlikka uchrab, aholi ham boshqa shaharlarga koʻchib keta boshlagan. Oziqovqat, koʻn poyabzal, neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hududining katta qismida ichki ehtiyojlar uchun oziqovqat ekinlari ekiladi. Lerma daryosi gʻavzasida esa tovar qishloq xoʻjaligi (makkajoʻxori, bugʻdoy, paxta, kofe, qand lavlagi), chorvachilik rivojlangan.[1]
| |||
Shtat | |||
---|---|---|---|
Tarkibida | 46 munitsipalitet | ||
Maʼmuriy markazi | Guanaxuato | ||
Yirik shahari | Leon | ||
Asos solingan sanasi | 14 oktyabr 1824 | ||
Gubernator | Migel Markes Markes 26.09.2012 | ||
Rasmiy tili | ispan | ||
Aholi (2010) | 5 486 372 | ||
Zichligi | 179,36 kishi./km² | ||
Millatlar tarkibi | Metislar, xonas, oqlar. | ||
Dinlar tarkibi | Katoliklar (96,4 %), protestantlar va evangellar (1,3 %), boshqa nasroniylar(0,7 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,1 %), ateistlar vaagnostiklar (0,7 %). | ||
Maydoni | 30 589 km² (22-oʻrin) | ||
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
3180 m | ||
Kengligi | 19º 55' 08" — 21º 52' 09" N | ||
Uzunligi | 99º 41' 06" — 102º 09' 07" E | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-6 | ||
Kod ISO 3166-2 | MX-GUA | ||
Pochta indeksi | Gto. | ||
Rasmiy sayti | http://www.guanajuato.gob.mx | ||
Xaritada | |||
21°1′8″N 101°15′46″W |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.