Grenlandiya bayrogʻi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Grenlandiya bayrogʻi Grenlandiyalik Thue Christiansen tomonidan ishlab chiqilgan.[1] Unda ikkita teng gorizontal chiziqli oq (yuqori) va qizil (quyi), katta doira bilan tasvirlanadi. Doiraning yuqori yarmi qizil, pastki yarm esa oq rangdadir. Natijada bayroqning yuqori yarmi Yaponiya bayrogʻiga biroz oʻxshaydi.
Qisqa faktlar Mamlakat, Mutanosibligi ...
Grenlandiya bayrogʻi | |
---|---|
Mamlakat | Grenlandiya |
Mutanosibligi | 2:3 |
Qabul qilindi | 1-may, 1989-yil (35 yil avval) (1989-05-01) |
Bayroq mualliflari | Thue Christiansen |
Yopish
Grenlandiya tilida uning mahalliy nomi Erfalasorput boʻlib, „bizning bayrogʻimiz“ degan maʼnoni anglatadi. Aappalaartoq („qizil“ degan maʼnoni anglatadi) atamasi Grenlandiya va Daniya (Dannebrog) bayrogʻi uchun ham qoʻllaniladi. Bugungi kunda Grenlandiyaliklar Erfalasorput va Dannebrogni[2] koʻpincha yonma-yon koʻrsatadilar. Grenlandiya bayrogʻi Shimoliy xochi boʻlmagan yagona shimoliy davlat yoki hudud bayrogʻidir.