From Wikipedia, the free encyclopedia
Grafit (yunoncha grapho — yozaman) — mineral, yer poʻstlog'ida uchraydigan sof uglerodning bir koʻrinishi. Kimyoviy formulasi — C. Geksagonal singoniyali. Kristallari 6 burchakli plastinka, taxtacha va tangacha shaklida. Rangi qora va toʻq kulrang , metallsimon yaltiroq, qattiqligi 1, qatlamning oʻzida esa yuqori — 5,5 va undan koʻp. Zichligi 2,2 g/sm³. Keng tarqalgan. Oʻtga chidamli, elektr tokini yaxshi oʻtkazadi, kimyoviy barqaror. Sunʼiy ravishda ham olinadi. Asosan metamorfik jinslarda, deyarli magmatik jinslarda uchramaydi. Oʻzbekistonda (Qoratepa, Zirabuloq, Quljuqtov, Markaziy Qizilqum) mayda va yirik konlar hosil qilgan. RFda (Ilmen togʻi), Ukraina (Krivoy Rog), Kanada, Avstraliya, AQShda konlari bor. Eng katta koni Toshqazgʻanda (Quljuqtov). Grafitdan tigel, qalam, elektrod, boʻyoqlar tayyorlanadi. Yadro texnikasida - raketa dvigatellari soplosi (ogʻzi)ni qoplashda, yuqori haroratga chidamli boʻyoqlar, elektrodlar tayyorlashda ishlatiladi. Radiatsiyani tezlashtirishi yoki susaytirishi ham mumkin chunki o‘tkazuvchanlik koyeffitsiеnti juda yuqori. [1]
Grafit |
---|
Temir-uglerod qotishma fazalari |
Temir-uglerod qotishma strukturalari |
Po`latlar |
Konstruktsiyaviy po`lat (0,8 % gacha C) |
Cho`yanlar |
Oq cho`yan (mo`rt, tarkibida ledeburit bor va grafit mavjud emas) |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.