Gotland
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gotland — Boltiq dengizining oʻrta qismidagi yirik orol. Skandinaviya yarim oroldan 84 km kenglikdagi boʻgʻoz orqali ajralib turadi. Mayd. 2960 km2. Aholisi 58 ming kishi (1993). Maʼmuriy jihatdan Shvesiyaga qarashli. Ohaktosh va qumtoshlardan tuzilgan plato. Karst rivojlangan. Bal. 83 m gacha.
Qisqa faktlar Geografiya, Maydoni ...
| |
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 2967,77[1] km2 |
Dengiz sathidan balandligi | 82 m. |
Eng baland nuqtasi | Lojsta heath[2] |
Ma'muriyat | |
Davlat | Shvetsiya |
Mintaqa | Gotland County[3] |
Demografiya | |
Aholisi | 60 124[4] |
Qo'shimcha ma'lumot |
Yopish
Iqlimi moʻtadil, dengiz iqlimi. Yillik yogʻin 500 mm. Orolning qariyb yarmi qaragʻay oʻrmonlari bilan band, torf qatlamlari uchraydi. Ohaktosh olinadi. Q.x.da asosan, bugʻdoy, suli, qand lavlagi, kartoshka ekiladi. Chorvachilik ham rivojlangan. Bosh shahri va porti — Visbyu. Xall-Xangvar rezervati bor. Turizm rivojlangan.