Gordon Rojer Alexander Buchanan Parks (1912-yil 30-noyabr – 2006-yil 7-mart) amerikalik fotograf, bastakor, yozuvchi va kinorejissor boʻlib, 1940-1970-yillarda AQSH fotojurnalistikada, ayniqsa fuqarolik huquqlari, qashshoqlik kabi mavzularda o`zining qarashlari bilan ancha yaxshi tanilgan.
Gordon Parks | |
---|---|
Tavalludi |
Gordon Roger Alexander Buchanan Parks 30-noyabr 1912-yil Fort Scott, Kansas, U.S. |
Vafoti |
7-mart 2006-yil (93 yoshda) Manhattan, New York City, U.S. |
Fuqaroligi | AQSh |
Bolalari |
Gordon Parks, Jr. David Parks Leslie Campbell Parks Toni Parks-Parsons |
Mukofotlari |
NAACP Image Award (2003) Spingarn Medal (1972) |
Parks yirik kinofilmlarni suratga olgan va rejissorlik qilgan. U "blaksploitation "janrini yaratgan. U 1940-yillardagi kambag'al amerikaliklarning ajoyib suratlari (federal hukumat loyihasi uchun olingan), Life jurnali uchun ishlangan fotoinsholari va 1971-yilgi "Shaft" filmining rejissori sifatida yaxshi esga olinadi. Parks shuningdek, yozuvchi, shoir va bastakor ham bo`lgan. [2][3][4][5]
Parks 1912-yil 30-noyabrda Kanzas shtatining Fort Skott shahrida tug`ilgan. Ota-onasining ismlari Endryu Jekson Parks va Sara Ross bo`lgan. [2] U oilada 15ta farzandning eng kichigi bo`lgan.[6] Uning otasi dehqon bo‘lib, makkajo‘xori, lavlagi, sholg‘om, kartoshka, ko‘kat, pomidor yetishtirar va ularning bir nechta o'rdaklari, tovuqlari va cho'chqalari ham bo`lgan kichik fermasi bo`lgan. [7]
U boshlang`ich ta`limni ixtisoslashtirilgan maktabda olgan. Shahar irqqa ajratilgan maktablarning yaratilishi uchun juda kichiklik qilganligi sababli, u o`rta maktabni oq va qora tanlilar birga o`qiydigan maktabda o`rta ta`limni olgan. Shunday bo`lsa-da qora tanli talabalarga sport bilan shug'ullanish yoki maktabdagi ijtimoiy tadbirlarga borishga ruxsat berilmagan, [8] ammo ular oliy ma'lumotga intilishlarini rivojlantirishdan qaytarilmagan.
Yigirma sakkiz yoshida Parks olgan ishchi muhojirlarining suratlari barchaning e`tiborini o`ziga qaratdi.
U birinchi fotoapparati Voigtländer Brillantni Sietldagi (Vashington) lombard [9] dan 12,50 dollarga sotib olgan. Parksning fotosuratlari namoyish etilib, ommaning e`tiboriga tushgach, uni Minnesota shtati Sent-Pol shahridagi, Frenk Merfiga tegishli bo'lgan ayollar kiyimlari do'koniga fotograf sifatida ishga taklif qilishadi va u faoliyatini shu yerda davom ettiradi. Ushbu fotosuratlar boks bo'yicha og'ir vazn toifasidagi chempion Jo Luining rafiqasi Marva Luisning e'tiborini tortgan. U Parks va uning rafiqasi Salli Alvisni 1940-yilda Chikagoga ko'chib o'tishga undaydi. [10] U yerda Parks ayollarining portret fotosuratlarini tayyorlashga ixtisoslashgan o`z biznesini boshlagan. Parksning Chikagodagi fotografik ishi, uning 1942-yilda Yuliy Rozenvald stipendiyasini olishga olib kelgan va unga oyiga 200 dollar ish haqi to'lanadigan ishga taklif qilishadi. [11] O'z navbatida, Roy Stryker homiyligidagi [12] mamlakatning ijtimoiy sharoitlarini tasvirlab beruvchi Farm Security Administration (FSA) ga qo'shilgan. [13]
Keyingi bir necha yil ichida Parks juda ko`plab ish joyini almashtirgan, mustaqil portret va moda fotografiyasi bilan shug'ullangan. U shaharning janubiy tomonidagi qora getto xronikasini yozishni boshlaydi va 1941-yilda ushbu fotosuratlar ko'rgazmasi tufayli FSA fotografiya bo'yicha stipendiyani qo'lga kiritgan
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.