From Wikipedia, the free encyclopedia
Google Chat – Google kompanyasi tomonidan ishlab chiqarilgan aloqa vositasi. Aloqa vositasi dastlab foydalanuvchilar va biznes vakillari uchun ishlab chiqilgan boʻlsa, keyinchalik u barcha isteʼmolchilar uchun taqdim etildi. Ilova foydalanuvchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri xabarlar yuborish, guruh suhbatlari va shaxsiy chatlar xizmatini taqdim etadi. Bu esa foydalanuvchilarga chatdan tashqari, umumiy guruhlarda vazifalar yaratish, belgilash va fayllarni almashish imkonini beradi. Google Chatga oʻz veb-sayti, ilovasi, Gmail veb-sayti yoki ilovasi orqali kirish mumkin.
Google Chat ilk bor 2017-yil 9-martda Google Hangouts oʻrnini bosuvchi ikkita ilovadan biri sifatida ishga tushirilgan. Ikkinchisi ilova esa Google Meet deb nomlangan. 2020-yil 9-aprelda uning nomi Google Chat deb oʻzgartirildi. U avvaliga faqat Google Workspace mijozlari uchun mavjud edi. 2021-yilning fevral oyidan boshlab Google Chatni oddiy isteʼmolchilar ham foydalana boshladi.
Google Chat birinchi marta 2017-yil 9-martda Google Workspace (2020-yil oktabrgacha G Suite deb ataladi)[1] mijozlari uchun faqat Google Hangouts oʻrnini bosuvchi ilova Chat sifatida ishga tushirildi[2][3].
2020-yil 9-aprelda Google Hangouts Chatni Google Chatga oʻzgartirdi. Ushbu rebrendingdan soʻng Hangouts brendi Google Workspaceʼdan olib tashlanadi[2].
Chat boʻlimida boshqa odamlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri suhbatlar va guruh suhbatlari mavjud[4].
2022-yilning may oyida Google Chat foydalanuvchilarni shaxsiy akkauntlardan kelib chiqadigan potentsial fishing va zararli dastur hujumlaridan ogohlantiruvchi bannerlar chiqa boshladi. Google Chat uchun ushbu xujum foydalanuvchilar uchun fishing va xavfsizlik buzilishining oldini olishga qaratilgan soʻnggi urinish boʻldi[5].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.