Gobi katta jigarrang koʻrshapalagi (Eptesicus gobiensis) vesper koʻrshapalaklarning bir turi[2]. U Afg'oniston, Xitoy, Hindiston, Mo'g'uliston, Pokiston va Rossiyada uchraydi. Rossiya zoologi Professor Nikolay Alekseyevich Bobrinski birinchi Gobi sahrosidan va Oltoy togʻlaridan topilgan tur namunalarini oʻrganib 1926-yilda ularni tasniflagan.

Qisqa faktlar Muhofaza qilish holati, Ilmiy klassifikatsiya ...
Gobi katta jigarrang koʻrshapalagi
Muhofaza qilish holati
Thumb

Eng kam tashvishli (IUCN 3.1)[1]
Ilmiy klassifikatsiya edit
Vakillik: Hayvonlar
Filum: Chordata
Sinf: Sutemizuvchilar
Oila: Vespertilionidae
Gen: Eptesicus
Tur:
E. gobiensis
Binomial nomi
Eptesicus gobiensis

Bobrinski, 1926-yil
Yopish

Taʼrifi

Koʻrshapalak tana uzunligi 57 to 65 millimetr (2.2 to 2.6 in)atrofida, orqa tomonidagi moʻynasi qizgʻish-sariq, tuklarning asoslari toʻq jigarrang, pastki qismidagi moʻynasi esa jigarrang oq rangga ega. Yuqori jagʻning ichki tishlari tashqi tomondan ancha yuqorida joylashgan[3].

Tarqalishi va yashash joylari

Gobi katta jigarrang koʻrshapalagining vatani Markaziy Osiyo hisoblanadi. Uning parvoz oraligʻi Shimoliy Erondagi Alborzdan, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Shimoliy Hindiston, Mo'g'uliston va Janubiy Sibirdagi Tuva orqali, Sharqiy Xitoyga tomon choʻzilgan. Odatda choʻl, chala choʻl va togʻli mintaqalarda yashaydi. U yolgʻiz yoki kichik guruhlarda, soyali joylarni, toshlardagi yoriqlarni yoki eski binolarning ichki qismlarini, baʼzan esa gʻorlarning tashqi qismlarini uya sifatida tanlashi mumkin, ammo daraxtlarda yashay olmaydi[1].

Ekologiya

Boshqa vesper koʻrshapalaklar singari, bu ham hasharotxoʻr koʻrshapalak hisoblanadi va uning taomnomasida kapalaklar boʻlishi ham mumkin. Bu tur tungi yirtqich qushlar tomonidan oʻlja sifatida ovlanadi[1].

Statuslari

Eptesicus gobiensis turining tendentsiyasi nomaʼlum boʻlsa-da, hech qanday pasayish aniqlanmagan va bu koʻrshapalak hech qanday tahdidlarga duch kelmaydi. Kelajakda qurg'oqchilik va suv manbalarining qurishi ushbu turga taʼsir qilishi mumkin, chunki Buyuk Depressiya Koʻllaridagi daryolardan birida toʻgʻon qurilishi mumkin. Moʻgʻuliston ichidagi ushbu koʻrshapalakning taxminan 17 % qoʻriqlanadigan hududlarga toʻgʻri keladi va uning Rossiya va Qozogʻistondagi vakillari ham qoʻriqlanadigan hududlarda istiqomat qiladi[1]. Natijada xalqaro Tabiatni muhofaza qilish Ittifoqi uning tabiatni muhofaza qilish maqomini „eng kam tashvishli jonivor“ deb baholadi.

Manbalar

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.