![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/30/Chiellini_Mancini_Gravina_Mattarella_2021_%2528Giorgio_Chiellini%2529.jpg/640px-Chiellini_Mancini_Gravina_Mattarella_2021_%2528Giorgio_Chiellini%2529.jpg&w=640&q=50)
Giorgio Chiellini
professional italiya futbolchisi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Giorgio Chiellini 14-avgust 1984-yil) Italiyalik sobiq professional futbolchi boʻlib, markaziy ximoyachi yoki chap qanot ximoyachi sifatida toʻp surgan. Oʻz davrining eng yaxshi himoyachilar biri sifatida tanilgan Chiellini oʻzining kuch-quvvat, hujumkorligi va futbolchilarni egallash, shuningdek, uch yoki toʻrt kishidan iborat himoya qilish qobiliyati bilan tanilgan[3][4]. U karyerasida ham chap himoyachi sifatida oʻynagan.
![]() Chiellini 2021-yilda | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Giorgio Chiellini[1] | ||
Tavallud sanasi | 14-avgust 1984-yil (1984-08-14) (39 yosh) | ||
Tavallud joyi | Pisa, Italy | ||
Boʻyi | 1.87 m[2] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Los Angeles FC (murabbiy) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1990–2000 | Livorno | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000–2002 | Livorno | 8 | (0) |
2002–2004 | Roma | 0 | (0) |
2002–2004 | → Livorno (loan) | 47 | (4) |
2004–2022 | Juventus | 425 | (27) |
2004–2005 | → Fiorentina | 37 | (3) |
2022–2023 | Los Angeles FC | 31 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2000 | Italy U15 | 8 | (0) |
2000–2001 | Italy U16 | 12 | (2) |
2001 | Italy U17 | 1 | (0) |
2002 | Italy U18 | 6 | (1) |
2001–2003 | Italy U19 | 18 | (1) |
2004–2007 | Italy U21 | 26 | (6) |
2004 | Italy Olympic | 2 | (0) |
2004–2022 | Italy | 117 | (8) |
Boshqargan klublari | |||
2024– | Los Angeles FC (murabbiy) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klub safida Professional futbolchi sifatida Chiellini 2000-yilda Livorno safida karyerasini boshladi, keyinchalik Fiorentina uchun ham ijara asosida toʻp surdi. 2005-yilda Juventus safiga oʻtganidan soʻng, u 2012-yildan 2020-yilgacha klub bilan jami toʻqqizta Serie A titulini, shuningdek, beshta Coppa Italia va beshta Supercoppa Italiana trofeyasini qoʻlga kiritdi. Chiellini besh marta Serie A yil jamoasiga kiritilgan va 2008 - 2010-yillar oʻrtasida uch marta ketma-ket eng yaxshi ximoyachi sifatida tanilgan[5][6][7][8]. 2022-yilda Los-Anjeles FCga qoʻshilish uchun u Qoʻshma Shtatlarga ketib, birinchi mavsum Supporters' Shield va MLS kubokini qoʻlga kiritdi.
Xalqaro safdagi debyutini Italiya safida 2004-yil qiladi, Chiellini 2004-yilgi Yozgi Olimpia Oʻyinlariga milliy terma jamoa safiga qoʻshib olinadi va bronza medal sohibiga aylanadi. U shuningdek 4 ta UEFA Yevropa Chempionatida Italya safida toʻp suradi, ikta FIFA Jahon chempionatida va ikkita FIFA Konferensional kubogida Italiya uchun oʻynaydi. U UEFA Evro-2020 chempioni sardori boʻlgan, shuningdek, Evro-2012 finaliga chiqqan va 2013-yilgi Konfederatsiyalar kubogida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalarning bir qismi edi. Chiellini 2022-yilda 117 oʻyin oʻtkazib, terma jamoadagi faoliyatini yakunladi va u Italiya terma jamoasining eng koʻp oʻyin oʻtkazgan beshinchi oʻyinchisiga aylandi.