![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/42/Hipocrat_arcs.svg/languz-640px-Hipocrat_arcs.svg.png&w=640&q=50)
Gippokrat (matematik)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gippokrat (grekcha: Ἱπποκράτης ὁ Χῖος), xi oslik Gippokrat (mil. av. 5-asrning 2-yarmi) – yunon matematigi; geometriyadan birinchi izchil qoʻllanma muallifi. Bu qoʻllanma, chamasi, Yevklid, „Negizlar“ining dastlabki 4 kitobi mazmunini oʻz ichiga olgan. Doira kvadraturasi masalasini xal etish uchun u uchta oycha (qarang Gippokrat oychalari) kvadraturasi masalasini yechgan. G. bir masalani yechishni ikkinchi qulayroq masalani yechish bilan almashtirish usuli asoschisi hisoblanadi.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/42/Hipocrat_arcs.svg/320px-Hipocrat_arcs.svg.png)
Xios orolida Gippokrat matematik va astronom Xios Oenopidining shogirdi boʻlgan boʻlishi mumkin. Gippokratning matematik ishlarida, ehtimol, Pifagorning taʼsiri ham boʻlgan, Pifagor falsafasining markazi Xios va qoʻshni Samos orolida Gippokrat „para-pifagor“, falsafiy „sayohatdosh“ sifatida tasvirlangan[1].