![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/81/Windkraft1.jpg/640px-Windkraft1.jpg&w=640&q=50)
Germaniyada shamol energetikasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Germaniyada shamol energetikasi oʻrnatilgan quvvat boʻyicha dunyoda Xitoy va AQSHdan keyin uchinchi oʻrinda turadi. 2020-yil yakunida Germaniyadagi shamol elektr stansiyalarining umumiy oʻrnatilgan quvvati 62.7 GVtni tashkil etdi. 2020-yilda shamol energiyasining umumiy elektr ishlab chiqarishdagi ulushi 24.2% ni tashkil etdi. 2022-yilga kelib Germaniyada shamol energiyasining quvvati 66 315 MVtni tashkil etdi[1].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/81/Windkraft1.jpg/640px-Windkraft1.jpg)