Germaniya Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti (shuningdek, Sharqiy Germaniya fuqarolik pasporti) — sobiq Germaniya Demokratik Respublikasi (odatda Sharqiy Germaniya deb ataladi) fuqarolariga xalqaro sayohat qilish uchun berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat. 1990-yil oktyabr oyida Germaniya qayta birlashganidan barcha Germaniya fuqarolariga Germaniya pasportlari berildi.

Qisqa faktlar Turi, Kim tomonidan berilgan ...
Germaniya Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti
Thumb
Germaniya Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti
Turi pasport
Kim tomonidan berilgan GDR bayrogʻi Germaniya Demokratik Respublikasi
Maqsad shaxsni tasdiqlash
Muvofiqligi Germaniya Demokratik Respublikasi fuqaroligi
Yopish

Umumiy maʼlumotlar

1989-yilgi Washington Post xabariga koʻra, Sharqiy nemislarning atigi 25 foizi pasport egalari edi[1].

1957-yilda Sharqiy Germaniya pasporti qonuniga koʻra, Sharqiy Germaniya fuqarolari chet elga, shu jumladan Gʻarbiy Germaniya va Gʻarbiy Berlinga sayohat qilish uchun viza olishlari shart edi[2]. Sharqiy Germaniyadan tashqariga ruxsatsiz sayohat qilganlik uchun jazo qamoq edi[3].

Ular sayohatdan qaytganlaridan soʻng, pasportlar topshirilishi kerak edi.

Pasport turlari

Pasportlarning kamida toʻrt turi mavjud edi: chet davlat, xizmat, standart va diplomatik[4][5]

Standart pasportlar ko‘k rangda bo‘lsa, chet davlat va xizmat pasportlari yashil rangning turli tuslarida bo‘lgan. Diplomatik pasportlar qizil rangda edi.

Tillar

Thumb
Germaniya Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti va ichki sahifalari

Sharqiy Germaniya pasportlarida nemis, fransuz, ingliz va rus tillaridagi matn mavjud edi. Biroq, 1988-yilda yoki shu yil atrofida qayta koʻrib chiqilgandan soʻng, ingliz tili pasportdan olib tashlangan.

Pasport yozuvi

Sharqiy Germaniya pasportlarida quyidagi yozuv mavjud edi:

Tashqi ishlar vazirligi mamlakat ichkarisida va xorijdagi barcha organlardan ushbu pasport egasiga erkin sayohat qilishiga ruxsat berishni hamda unga har qanday yordam berliishini va himoya qilinishini soʻraydi.

1989-yil oxiridan mamlakatning 1990-yil oktyabrida qulashigacha chiqarilgan versiyalarda eslatma yoʻq.

Qayta birlashgandan keyin

1990-yil oktyabr oyida qayta birlashgandan soʻng, Birlashish shartnomasi Sharqiy Germaniya pasportlari 1995-yil 31-dekabrgacha amalda boʻlishini koʻrsatdi[6]. Ushbu sanadan keyin Sharqiy Germaniya pasportlari identifikatsiya qilish uchun yaroqsiz boʻlib, fuqarolar nemis pasportlaridan foydalanishlari kerak edi.

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.