From Wikipedia, the free encyclopedia
George William Vella (1942-yil 24-aprelda tugʻilgan) — Maltalik siyosatchi, 2019-yildan buyon Malta prezidenti boʻlib faoliyat yuritgag[1]. Leyboristlar partiyasi aʼzosi, u avval Malta Bosh vaziri oʻrinbosari va 1996-yildan 1998-yilgacha Bosh vazir Alfred Sant davrida tashqi ishlar vaziri boʻlib ishlagan. 2013-yilda u tashqi ishlar vaziri lavozimiga qaytadi, u 2017-yilgacha Bosh vazir Jozef Maskat boshqaruvida ishlagan[2][3].
Malta Respublikasi Prezendenti | |
---|---|
Mansab davri 2019-yil 4-aprel – hozirgacha | |
Hukumat boshligʻi | Robert Abela |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-aprel 1942-yil Malta |
Siyosiy partiyasi | Mehnat partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Miriam |
Bolalari | 3 |
Maʼlumoti | Malta Universiteti |
Vella 1942-yil 24-aprelda Jeytun shahrida tug‘ilgan va u yerda boshlang‘ich taʼlimni olgan[4]. Vella 1964-yilda Malta Qirollik universitetining tibbiyot va jarrohlik fakultetini tamomlagan va malakali shifokor boʻlgan. U Buyuk Britaniyaning Farnboro shahridan aviatsiya tibbiyoti sohasi boʻyicha sertifikat oldi va 2003-yildan buyon tibbiyot boʻyicha mutaxassis hisoblanadi[5]. 1966 va 1973-yillar orasida Malta quruqlik qoʻshinlarida tibbiyot xodimi boʻlib ishlagan. Shundan soʻng, u Malta havo kuchlarida tibbiyot xodimi va aviatsiya tibbiyotida maslahatchi boʻlib ishladi.
U Miriamga uylangan[6] va ular birga ikki qiz va bir oʻgʻil, yetti nabirali boʻlishgan[7][8].
Vella Leyboristlar partiyasiga 1976-yilda qoʻshildi va parlamentdagi faoliyatini boshladi[9]. Keyin u 1978-yil yanvar oyida va 1981, 1992, 1996, 1998, 2003, 2008 va 2013-yillardagi umumiy saylovlarda parlament aʼzoligiga saylangan. Parlament aʼzosi sifatida u 3 va 5-okruglarni vakili boʻladi[10][11].
1978-yilda Vella Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasining oʻrinbosar aʼzosi va Yevropaning mahalliy va mintaqaviy hokimiyatlari konferensiyasida (CLRAE) dengiz manbalaridan dengizning ifloslanishi boʻyicha maʼruzachi boʻlgan[12]. 1987-yilning yanvaridan mayigacha u Maltaning Yevropa Kengashidagi doimiy vakili sifatida ishlagan[13].
1992-yilda Vella Leyboristlar partiyasi rahbarining parlament ishlari boʻyicha oʻrinbosari va tashqi ishlar boʻyicha matbuot kotibi etib saylandi va 2003-yilgacha bu vazifani bajardi[14]. U Yevropa Ittifoqi Malta qo‘shma parlament qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan[15][16]. 1995-yildan 1996-yilgacha Vella Vakillar palatasining biznes qoʻmitasi va tashqi ishlar boʻyicha parlament qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan[2].
U 1996-yilning oktyabrida[17] va yana 2013-yilning martida bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar va atrof-muhitni himoya qiluvchi harakatlar vazirligining vaziri etib tayinlangan va 2017-yilning iyunigacha xizmat qilgan[18].
Vella Birlashgan Millatlar Tashkilotini demokratik isloh qilish va yanada mas’uliyatli xalqaro siyosiy tizimni yaratish uchun kompaniya olib boruvchi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Parlament Assambleyasini tashkil etish kampaniyasini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi[19].
2019-yil boshida Vella Maltaning navbatdagi prezidenti boʻlishi taxmin qilingan edi.[20] Vella oʻsha paytda hukmron Mehnat partiyasi, shu jumladan muxolifatdagi Millatchilar partiyasi tomonidan Malta prezidenti lavozimiga nomzod qilib koʻrsatilgan edi[21][22]. Demokratik partiya Vella nomzodini qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi[23]. Parlamentdagi ovoz berish 2019-yil 2-aprelda boʻlib oʻtdi, parlament aʼzolari Vellaning yagona nomzod etib tayinlanishini maʼqullash uchun ovoz berishdi[24]. Tayinlashdan keyin Vella 2019-yil 4-aprelda prezident sifatida rasmiy qasamyod qabul qildi, bu sanada 1989-yildan beri har bir oldingi Malta Prezidenti inauguratsiya qilingan edi[25][26].
UK:
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.