![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/aa/Suffragette_arrest%252C_London%252C_1914.jpg/640px-Suffragette_arrest%252C_London%252C_1914.jpg&w=640&q=50)
Gender kamsitish
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gender kamsitish yoki Seksizm — maʼlum bir jins vakiliga qaratilgan notoʻgʻri fikr yoki kamsitish. Jinsiy kamsitish har kimga taʼsir qilishi mumkin, lekin bu birinchi navbatda ayollar va qizlarga koʻproq taʼsir oʻtkazadi[1]. Bu stereotiplar va gender rollari bilan bogʻlangan[2][3] va bir jins yoki jinsning boshqasidan ustun ekanligiga ishonishni oʻz ichiga olishi mumkin. Haddan tashqari jinsiy behurmatlik jinsiy zoʻravonlik, zoʻrlash va jinsiy tajovuzning boshqa shakllarini rivojlantirishi mumkin[4]. Gender kamsitish seksizmni oʻz ichiga oladi. Bu atama odamlarga nisbatan ularning jins identifikatori[5] yoki ularning jinsi farqlari asosida kamsitish sifatida aniqlanadi[6]. Gender kamsitishning, ayniqsa, ish joyidagi tengsizlik yoʻnalishi koʻproq uchraydi[6]. Bu hududdagi ijtimoiy yoki madaniy urf-odatlar va meʼyorlardan kelib chiqishi mumkin[7].
![A woman under arrrest walking between two policemen](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/aa/Suffragette_arrest%2C_London%2C_1914.jpg/640px-Suffragette_arrest%2C_London%2C_1914.jpg)