Gemoliz va uning turlari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gemoliz - eritrotsitlar yaʼni qizil qon tanachalari (RBC)ning membranasi yorilishi hamda uning tarkibidagi gemoglobin (Hb)ning qon plazmasiga chiqishini anglatadi.[1][2] Eritrotsitlar gipotonik eritmaga solinganda, ularning ichidagi osmotik bosim atrofdagi eritmanikiga qaraganda ortiq boʻladi. Suv eritmadan eritrositlar ichiga oʻtib (osmos)[1][3], ularning hajmini kattalashtiradi va qobigʻini yorib yuboradi. Bu jarayon osmotik gemoliz deb ataladi.[3] Hujayrani oʻrab turgan eritmadagi NaCl ning qaysi konsentratsiyasida gemoliz boshlansa oʻsha konsentratsiya eritrotsitlarning osmotik chidami oʻlchovi hisoblanadi. Odamda eritmadagi NaCl konsentratsiyasi 0,4% boʻlganda gemoliz boshlanadi, 0.34% li eritmada esa barcha eritrotsitlar parchalanadi. Turli patologik holatlarda jumladan anemiya kasalligida eritrotsitlarning osmotik chidami kamayishi va plazmadagi NaCl ning yuqori konsentratsiyalarida ham gemoliz sodir boʻlishi mumkin. Eritrotsitlarning oqsil-lipoid qobigʻini buzuvchi efir, xloroform, alkogol, benzol, oʻt kislatalari va boshqalar taʼsiri ostida kimyoviy gemoliz sodir boʻladi.[1] Klinikada sirka kislatasi bilan zaharlangan bemorlarda gemoliz kuzatiladi. Kuchli mexanik taʼsirotlar masalan qonli probirka keskin siljitilganda mexanik gemoliz kuzatiladi. Biologik gemoliz baʼzi zaharli ilonlar chaqqanda sodir boʻladi. Notoʻgʻri qon quyishlarda immun gemolizi sodir boʻladi. Shuningdek, termik gemoliz ham mavjud.[4]
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f8/%22gemoliz13.07.22.png%22.png/320px-%22gemoliz13.07.22.png%22.png)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9b/HEMOLYSIS.jpg/640px-HEMOLYSIS.jpg)