Gazaxlar masjidi (ozarbayjoncha: Qazaxlar məscidi) – XIX asrga oid tarixiy-meʼmoriy yodgorlik, Ozarbayjonning Ganja shahrida joylashgan.

Qisqa faktlar
Masjid
Gazaxlar masjidi
ozarbayjoncha: Qazaxlar məscidi
Thumb
Mamlakat Ozarbayjon
JoylashuviGanja shahri
ManzilTabriz koʻchasi, 145
Yoʻnalishisunniy
Meʼmoriy uslubArran arxitektura maktabi
Binokorlik18011802
Holatiamaldagi
Yopish
Thumb
Portalning asosiy kirish qismidan koʻrinishi

Tarixi

Gazaxlar masjidi 1801—1802-yillarda Ganja shahriga Gazax viloyatidan kelgan qabilalar tomonidan bunyod etilgan. Gazaxlar masjidi Juma masjidi rejasi asosida qurilgan. Masjidning aniq meʼmori kim ekanligi haqida esa maʼlumotlar mavjud emas[1].

1920-yilda Ozarbayjonda Sovet hokimiyati oʻrnatilganidan soʻng, bolsheviklarning dinga qarshi kurashi boshlanadi. Koʻpgina diniy muassasalar singari Gazaxlar masjidi faoliyati ham toʻxtatilib, undan omborxona, maktab va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. 

Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustda qabul qilingan 132-sonli qaroriga asosan, Gazaxlar masjidi mahalliy ahamiyatga molik tarix va madaniyatning koʻchmas yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan[2].

2014-yilda masjidda yongʻin sodir boʻladi, natijada bino tomining bir qismi yonib ketadi. 2018-yilda masjidda restavratsiya ishlari olib boriladi[3]. Hozirda ushbu tarixiy va meʼmoriy yodgorlikdan masjid sifatida foydalanilmoqda[4].

Arxitekturasi

Masjid poydevori daryo toshlaridan, devorlari esa qizil pishgan gʻishtdan qurilgan. Barcha devorlarining qalinligi 12—20 sm, balandligi 1,5 metr. Masjidning yuza qismi ham devorlariga mos tarzda qizil gʻisht bilan qoplangan. Juma masjidi singari Gazaxlar masjidi ham uchta kirish eshigiga ega boʻlib, masjidning oʻng va chap tomonida ham ikkita eshik joylashgan. Masjidning oʻn uchta yogʻoch derazasi va bitta zinapoyasi mavjud, devorlarida hech qanday kitob va turli bezaklar mavjud emas. 

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.