![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c9/Gary_Neville_2014_%2528cropped%2529.jpg/640px-Gary_Neville_2014_%2528cropped%2529.jpg&w=640&q=50)
Gary Neville
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gary Aleksandr Neville (1975-yil 18-fevralda tugʻilgan) — ingliz futbol eksperti, murabbiyi va sobiq futbolchisi, Salford City klubining rasmiy egasi hisoblanadi. 2011-yilda futboldan ketganidan so‘ng, Neville jurnalistlik bilan shug‘ullanib, 2015-yilda „Valensiya“da bosh murabbiylik lavozimini egallagunga qadar Sky Sports sharhlovchisi bo‘lgan. 2016-yilda klub tomonidan ishdan boʻshatilgandan soʻng, u oʻsha yilning oxirida Sky Sports nashrida jurnalistlikka qaytdi. U 2012-yildan 2016-yilgacha Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi ham bo‘lgan[4].
![]() Neville 2014-yilda | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gary Alexander Neville[1] | ||
Tavallud sanasi | 18-fevral 1975-yil (1975-02-18) (49 yosh) | ||
Tavallud joyi | Bury, Angliya | ||
Boʻyi | 5 ft 11 in (1.80 m)[2][3] | ||
Ampluasi | Oʻng qanot himoyachisi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1991-1992 | Manchester United | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1992-2011 | Manchester United | 400 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
1992 | Angliya U16 | 1 | (0) |
1992-1993 | Angliya U18 | 8 | (0) |
1995-2007 | Angliya | 85 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2012-2016 | Angliya (yordamchi) | ||
2015-2016 | Valencia | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Oʻyinchi sifatida Neville jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan va butun futbolchilik faoliyatini "Manchester United"da oʻtkazdi, bu esa uni bir klubga qanchalar sodiqligini ham anglatadi. 2011-yilda nafaqaga chiqqanida, u uzoq yillik jamoadoshi Ryan Giggsdan keyin klubda eng uzoq vaqt oʻynagan ikkinchi oʻyinchi boʻlgan va besh yil davomida klub sardori sifatida maydonga tushgan. U barcha davrlarning eng koʻp mukofot yutgan ingliz va Yevropa futbolchilaridan biri boʻlib, jami 20ta sovrin, jumladan sakkizta Premer liga va ikkita Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan[5].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/43/Gary_Neville.jpg/640px-Gary_Neville.jpg)