GameStop
From Wikipedia, the free encyclopedia
GameStop – Amerikadagi vidyo oʻyinlar va maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniya[3]. Kompaniya shtab-kvartirasi Texasning Grapevine shahrida joylashgan va dunyodagi eng yirik video oʻyinlar sotuvchisi[4]. 2023-yil 28-yanvar holatiga koʻra, kompaniya GameStop, EB Games, EB Games Australia, Micromania-Zing, ThinkGeek va Zing Pop Culture brendlari ostida AQShda 2949 ta, Kanadada 216 ta, Avstraliyada 419 ta va Yevropada 829 ta doʻkonni boshqaradi[3][5]. Kompaniya 1984-yilda Dallasda Babbageʼs nomi bilan tashkil etilgan va 1999-yilda hozirgi nomini olgan. 2010-yillarning oʻrtalaridan oxirigacha kompaniyaning faoliyati video oʻyinlar savdosining onlayn xaridlar tizimiga oʻtishi va GameStop kompaniyasining smartfon chakana savdosiga muvaffaqiyatsiz sarmoya kiritishi tufayli pasaydi. 2021-yilda, kompaniya aktsiyalari narxi keskin oshdi. SEC hisobotiga koʻra investorlarning katta miqdorda aksiyalarni sotib olish qobiliyati tufayli amalga oshgan. Kompaniya 2021-yil yanvar va fevral oylarida aksiyalar narxining oʻzgaruvchanligi sababli ommaviy axborot vositalarining katta eʼtiborini tortdi. Endi kompaniya Fortune 500 reytingida 521-oʻrinni egalladi[5]. GameStop chakana savdo doʻkonlaridan tashqari, Game Informer video oʻyinlar jurnaliga egalik qilaib bu orqali oʻzini elektron tijorat biznesiga ega boʻldi va NFT platformasini ishga tushirdi.
![]() Logo, 2000-yildan beri | |
Sobiq nomi | Babbage's (1984–1999-yillar) |
---|---|
Turi | Jamoa tashkiloti |
Qachon asos solingan | 1989-yil, 39 yil oldin |
Joylashuvi | Grapevine, Texas |
Asoschi(lari) | Leonard Riggio |
Mahsulot(lar)i |
|
Aylanma daromadi | 5 272 800 000[1] |
Operatsion foydasi | −311 600 000[2] |
Boyligi | 2 709 000 000[1] |
Sof foydasi | 6 700 000[1] |
Ishchilar soni |
11,000 toʻliq stafka, 14,000-27,000 yarim stafka |
Vebsayti | gamestop.com |