![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/fa/Porto_Lagos%252C_Thrace%252C_Greece.jpg/640px-Porto_Lagos%252C_Thrace%252C_Greece.jpg&w=640&q=50)
G'arbiy Frakiya
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gʻarbiy Frakiya (grekcha: Δυτική Θράκη, bolgarcha: Беломорска Тракия, Западна Тракия, turkcha: Batı Trakya) yoki Frakiyaga tegishli (grekcha: Θράκη) Gretsiyaning shimoli-sharqiy qismidagi tarixiy mintaqa, Bolqon yarim orolining sharqidagi kattaroq tarixiy mintaqa boʻlgan Frakiyaning tarkibiy qismlaridan biri[1][2].
Frakiya | |
---|---|
![]() | |
41°6′0″N 25°24′0″E | |
Mamlakat | Gretsiya |
Hukumat | |
• Vazir o'rinbosari | Stavros Kalafatis |
Maydon | 857,775 km2 (331,189 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | Yunon |
Aholisi (2011-yil) |
384 978 |
Zichligi | 43 kishi/km2 |
Milliy tarkib | Turklar, Yunonlar |
Konfessiyaviy tarkib | Ortodokslar |
Telefon kodi | +30 2694 |
Pochta indeks(lar)i | 25001 |
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/b/b8/%D0%9A%D0%B0%D1%80%D1%82%D0%B0_%D1%81%D0%BE%D0%B2%D1%80%D0%B5%D0%BC%D0%B5%D0%BD%D0%BD%D0%BE%D0%B9_%D0%A4%D1%80%D0%B0%D0%BA%D0%B8%D0%B8.png)
Gʻarbiy Frakiya gʻarbda Nestos (Mesta) va sharqda Evros (Maritsa) daryolari orasida joylashgan. Shimolda mintaqa Bolgariya bilan chegara oʻtadigon Rodop togʻlari bilan chegaradosh. Frakiyaning sobiq (1986-yilgacha) ma'muriy okrugi Ksanti, Rodop va Evros hududlarini oʻz ichiga olgan. Frakiya, shuningdek, 2010-yilgacha Evros hududining bir qismi boʻlgan Egey dengizidagi Samotrakiya orolini ham oʻz ichiga olgan. 1986-yildan beri Gʻarbiy Frakiya Sharqiy Makedoniya va Frakiyaning periferiya qismidir. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish ma'lumotlariga koʻra 384 978 kishi hududda istiqomat qiladi. Maydoni 8577,75 km². Frakiyaning ma'muriy markazi (gʻarbiy Frakiyaning asosiy shahri) 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish ma'lumotlariga koʻra aholisi 50 990 kishidan iborat Komotini shahri[3] hisoblanadi.