Gʻaybulla as-Salom (taxallusi; asl ismi Gʻaybulla Salomov)(11-dekabr 1932-yil, Xatirchi tumani – 31-yanvar 2003-yil, Toshkent) — tarjimashunos olim, publitsist. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), filologiya fanlari doktori (1982), professor (1984).
Vikiiqtibosda Gʻaybulla as-Salomga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Gʻaybulla as-Salom | |
---|---|
Salomov Gʻaybulla Tojiddinovich | |
Tavalludi |
11-dekabr 1932-yil Xatirchi tumani, Navoiy viloyati, OʻzSSR |
Vafoti |
31-yanvar 2003-yil (70 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | OʻzSSR→ Oʻzbekiston |
Kasbi | Olim, publitsist |
Taʼlimi | Samarqand davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | Fan doktori |
Ilmiy unvoni | Professor |
Salomov Gʻaybulla Tojiddinovich 1932-yil 11-dekabrda Samarqand viloyati Xatirchi tumanida tugʻilgan. 1956-yilda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan.
Faoliyati
Dastlab 1956–1967-yillarda „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant, ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Soʻng 1967–1969-yillar „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“da bosh muharrir oʻrinbosari sifatida; 1969–2000-yillar Toshkent davlat universiteti tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri sifatida; 1997–2000-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida professori sifatida faoliyat yuritgan.
Ilmiy faoliyati
Gʻaybulla Salomovning ilmiy faoliyati badiiy tarjimashunoslik, maʼnaviyat, maʼrifat va madaniyat masalalariga bagʻishlangan. „Maqol va idiomalar tarjimasi“ (1961), „Til va tarjima“ (1966), „Tarjima nazariyasiga kirish“ (1978), „Doʻstlik koʻpriklari“ (1970, N. Komilov bilan hamkorlikda), „Adabiy anʼana va badiiy tarjima“ (1980), „Tarjima nazariyasi asoslari“ (1983) kabi kitoblar muallifi[1].
Gʻaybulla as-Salom 2003-yilda 31-yanvarda Toshkent shahrida vafot etgan[2].
- Umirov S, Sollanib oqayotgan daryo, T., 1992;
- Gʻaybulloh as-Salom zamondoshlari xotirasida, T., 2002.
- Ey, umri aziz, T., 1997;
- Ezgulikka chogʻlan, odamzot, T., 1997.
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.