From Wikipedia, the free encyclopedia
Fan va turmush – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy-maʼrifiy, ommabop jurnali. Toshkent shahrida 1 yilda 6 marta nashr qilinadi. Dastlab „Sotsialistik ilm va texnika“ (1933—1935), „Sotsialistik fan va turmush“ (1939—1941) nomlari bilan chop etilgan. Muayyan sabablar tufayli 1941-yil iyulidan 1957-yil fevralgacha nashr etilmagan. 1957-yildan hozirgi nomdagi jurnalning qayta tiklanishida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari H. Abdullayev, T. QoriNiyoziy, jurnalist A. Yoqubovning xizmati katta. Jurnalga taniqli olimlar Otajon Hoshim (193337), T. QoriNiyoziy (1937, 194041, 195870), I. Islomov (193839), I. Muminov (1957), M. Urozboyev (1970—1971), M. Homidxonov (1972), Yo. Toʻraqulov (197488), K. Zufarov (1988—1992), M. Sharifxoʻjayev (1992—2001)lar muharrirlik qilishgan.
Fan va Turmush | |
---|---|
Sohasi | Ilmiy-ommabop |
Davriyligi | Ikki oyda bir marta |
Nomining qisqartmasi | FvaT |
Tili | Oʻzbekcha, Ruscha |
Tahririyat manzili | 700047, Toshkent, Akademik Yahyo Gʻulomov koʻch., 70 |
Bosh muharrir | Behzod Yoʻldoshev |
Muassislar | OʻzFa |
Nashriyot (mamlakat) | Ruta Print (Oʻzbekiston) |
Nashr tarixi | 1937 yildan |
Hajmi | 7.5 bosma taboq |
Adadi | 4200 nusxa |
| |
Veb-sayti: www.fvat.uz |
Oʻtgan davrlarda jurnal sahifalarida ilm-fanning barcha sohalari, ularning ayrim tarmoqlari rivoji, jahondagi turli elelatlar haqida muntazam ravishda maqolalar chop etildi. Oʻzbekistonda fantast yozuvchilarning shakllanishida jurnal muharririyati huzuridagi „Fantast yozuvchilar maktabi“ning hissasi katta boʻldi (H. Shayxov, M. Mahmudov, S. Abdullayeva, Gʻ. Jahongirov, X. Dustmuhamedov, O. Muminov, R. Obidov va boshqalar).
Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida jurnal mamlakat xalqi, ayniqsa, yosh avlod qalbi va tafakkurida milliy gʻoya, milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga, demokratik tamoyillarga hamda fanning soʻnggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishga, xalqimizni yuksak maʼnaviyatli, maʼrifatli etish yoʻlida jahon kashfiyotlarini, oʻzbek olimlarining xorijiy mamlakatlar ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorligi natijalarini keng targʻib qilishga, buyuk mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyati hamda ilmiy merosidan xalqimizning bahramand boʻlishiga alohida eʼtibor berib kelmoqda.
2003-yildan jurnalda maqolalar oʻzbek va rus tillarida chop etilmoqda. Muharriri Shuhrat Egamberdiyev (2002-yildan).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.