![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/uz/thumb/b/bc/Women_Super_league.jpg/640px-Women_Super_league.jpg&w=640&q=50)
Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston milliy chempionati Oʻzbekiston ayollar futbolining oliy divizioni hisoblanadi. Liga Oʻzbekiston futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. 1991-yilgacha Oʻzbekiston ayollar klublarining bir qismi Sovet Ittifoqi ayollar ligasi tizimida ishtirok etgan boʻlsa, Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng aksariyat ayollar jamoalari Rossiyaga joʻnab ketgan yoki oddiygina tarqatib yuborilgan.
![]() | |
Davlat |
![]() |
---|---|
Konfederatsiya | Osiyo Futbol Konfederatsiyasi |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 1 |
Tashkil etilgan | 1995-yil |
Jamoalar soni | 10 |
Quyi divizion | Oʻzbekiston Birinchi ligasi |
Ichki kuboklar | Oʻzbekiston Kubogi |
Xalqaro musobaqalar | Futbol boʻyicha ayollar Osiyo chempionlar ligasi |
Amaldagi chempion | Sogdiyona Jizzak |
Eng koʻp marta chempion | Sevinch Qarshi |
TV hamkorlar | Uzreport TV |
Veb-sayt | UFF pfl.uz |
Oʻzbekiston Futzal Uyushmasi hamda Oʻzbekiston ayollar futboli va plyaj futboli uyushmasi tugatilgan. Futzal, ayollar futboli va plyaj futbolining taraqqiyoti, murabbiylar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, terma jamoalarni musobaqalarga tayyorlash va yuborish, shuningdek, milliy chempionat oʻyinlarini tashkil qilish va oʻtkazishni 2017-yilning oktabr oyidan etiboran Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi nazorati ostiga oʻtdi.