Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston Kubogi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston Kubogi – Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkillashtiriladigan futbol boʻyicha har yili oʻtkaziladigan milliy kubok musobaqasi.[1] Oʻzbekiston Kubogi bahslari 2002-yildan beri tashkil etilgan. Birinchi Oʻzbekiston kubogi sohibi Andijonning „Andijanka“ klubi hisoblanadi.
Asos solindi | 2002-yil |
---|---|
Hudud | Oʻzbekiston |
Jamoalar soni | 16 |
Eng muvaffaqiyatli klub(lar) | Sevinch |
Vebsayt | OʻFA rasmiy sayti |
![]() |
Oʻzbeksiton Kubogi gʻoliblari Oʻzbekiston Superkubogi ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. „Sevinch“ 10 marta Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan musobaqadagi eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi. Ikkinchi oʻrinda „Andijanka“ 4 ta, „Metallur-W“ 3 ta „Bunyodkor-W“ esa 2 ta bilan toʻrtinchi oʻrinda.[2] „Sevinch“ klubi 2022-yilgi finalda „Soʻgʻdiyona -W“ni „Soʻgʻdiyona“ stadionida magʻlub etgan eng soʻnggi gʻolib hisoblanadi.[3][4]