From Wikipedia, the free encyclopedia
Frank Billings Kellogg (1856-yil, 22-dekabr – 1937-yil, 21-dekabr) — amerikalik huquqshunos, siyosatchi va davlat arbobi hisoblanib, Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatida va Amerika Qoʻshma Shtatlari davlat kotibi lavozimlarida ishlagan[12]. U Kellog-Briand shartnomasining muallifi boʻlib, hattoki buning uchun 1929-yilda Tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan[13].
Frank B. Kellogg | |
1912-yilda Kellogg | |
Xalqaro sud sudyasining doimiy yordamchisi | |
---|---|
Mansab davri 25-sentyabr, 1930-yil – 9-sentyabr, 1935-yil[1][2] | |
Avvalgisi | Charles E. Hughes[3] |
Keyingisi | Manley O. Hudson[4] |
Amerika Qo'shma Shtatlarining 45-davlat kotibi | |
Mansab davri 5-mart, 1925-yil – 28-mart, 1929-yil | |
Prezident |
Calvin Coolidge Herbert Hoover |
Avvalgisi | Charles Evans Hughes |
Keyingisi | Henry L. Stimson |
AQSHning Buyuk Britaniyadagi 39-elchisi | |
Mansab davri 14-yanvar, 1924-yil – 10-fevral, 1925-yil | |
Prezident | Calvin Coolidge |
Avvalgisi | George Harvey |
Keyingisi | Alanson B. Houghton |
Minnesota shtatidan saylangan AQSH senatori | |
Mansab davri 4-mart, 1917-yil – 3-mart, 1923-yil | |
Avvalgisi | Moses E. Clapp |
Keyingisi | Henrik Shipstead |
Olmsted okrugi prokurori | |
Mansab davri 1-yanvar, 1882-yil – 1-yanvar, 1887-yil[5][6] | |
Avvalgisi | Halfton A. Eckholdt[7][8] |
Keyingisi | Burt W. Eaton[9] |
Rochester shahrining prokurori | |
Mansab davri 1878 – 1881-yillar | |
Avvalgisi | Royal H. Gove[10][11] |
Keyingisi | W. Logan Breckenridge[8][11] |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Frank Billings Kellogg 22-dekabr, 1856-yil Potsdam, Nyu-york |
Vafoti |
21-dekabr, 1937-yil (80-yoshida) Minnesota |
Siyosiy partiyasi | Respublikachilar partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Clara Cook |
Mukofotlari | Tinchlik uchun Nobel mukofoti 1929-yil, Faxriy legion ordeni |
Imzosi |
Kellogg 1856-yil 22-dekabrda Nyu-Yorkning Potsdam shahrida Abigail (Billings) va Asa Farnsworth Kellogg oilasida tugʻilgan[14]. U 1865-yilda oilasi bilan Minnesota shtatiga koʻchib keldi[15].
Kellogg huquq boʻyicha oʻqidi va 1877-yilda Minnesota shtatining Rochester shahrida huquqshunoslik bilan shugʻullana boshladi. U 1878-1881-yillar oraligʻida Rochester shahrining va shuningdek, 1882-yildan 1887-yilgacha Minnesota shtati Olmsted okrugining prokurori vazifalarida faoliyat olib bordi. U 1886-yil Minnesota shtatidagi Saint Paulga koʻchib keldi[15].
1905-yilda Theodore Roosevelt Kelloggdan federal monopoliyaga qarshi ishni sudga berishni soʻraganida Kellogg federal hukumatga qoʻshildi. 1906-yilda Kellogg E.H.Harrimanni tergov qilish uchun davlatlararo savdo komissiyasining maxsus maslahatchisi etib tayinlandi. 1908-yilda u Sherman monopoliyaga qarshi kurash qonuniga binoan Union Pacific temir yoʻliga qarshi federal ayblovga rahbarlik qilish uchun tayinlandi[16][17][18]. Uning eng muhim ishi AQShning Nyu-Jersi shtatidagi neft sanoati edi. Ushbu muvaffaqqiyatli ayblovdan soʻng, 1912-yildan 1913-yilgacha Amerika advokatlar uyushmasi prezidenti etib saylandi. U jahon urushi tashqi qarzlar komissiyasining aʼzosi ham edi[19].
1907-yilda Kellogg Minnesotadagi Amerika inqilobi oʻgʻillari jamiyatining vatandoshi sifatida taqdirlandi[20].
Kellogg 1916-yilda Minnesota shtatidan Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatiga respublikachi etib saylandi va 1917-yil 4-martdan 1923-yil 3-martgacha 65-66-67-Kongresslarda xizmat qildi. Versal shartnomasini ratifikatsiya qilish uchun kurash paytida u ratifikatsiyani qoʻllab-quvvatlagan kam sonli respublikachilardan biri edi. U 1922-yilda qayta saylanishda yutqazdi va 1923-yilda Chili davlatining Santiyago shahrida boʻlib oʻtgan Amerika davlatlarining beshinchi xalqaro konferensiyasida vakillik qildi[15].
Kellogg 1924-yilda Prezident Calvin Coolidge tomonidan Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchi etib tayinlandi va u, bu lavozimda 1924-yil 14-yanvardan 1925-yil 10-fevralgacha xizmat qildi[21]. U Warren G. Harding qoʻl ostida ishlagan George Brinton McClellan Harveyning oʻrnini egalladi va Kellogg Davlat kotibi rolini oʻz zimmasiga olishi uchun uning oʻrniga Alanson B. Houghton keldi.
1925-1929-yillar oraligʻida u Prezident Coolidge Mahkamasida Qoʻshma Shtatlar Davlat kotibi boʻlib ishlagan[22]. U 1928-yilda Irlandiyaning Dublin shahrida „shahar ozodligi“ mukofoti bilan taqdirlandi va 1929-yilda Fransiya hukumati uni Faxriy Legion aʼzosiga aylantirdi[15].
Davlat kotibi sifatida u Meksika-AQSH munosabatlarini yaxshilash, Peru va Chili oʻrtasidagi uzoq davom etgan Tacna–Arica nizosini hal qilishga yordam berish uchun mas’ul shaxs edi. Lekin, uning eng muhim yutugʻi 1928-yilda imzolangan Kellogg–Briand pakti edi. Uning boshqa nomdoshi, Fransiya tashqi ishlar vaziri Aristide Briand tomonidan taklif qilingan shartnomada „milliy siyosat vositasi sifatida urushdan voz kechish“ asosiy mavzu sifatida nazarda tutilgan edi. Kellogg 1929-yilda tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. (Briand allaqachon yaʼni, 1926-yil tinchlik uchun Nobel mukofotini qoʻlga kiritgan edi) [15][23][24] [25].
U 1930-yildan 1935-yilgacha Xalqaro odil sudlov sudining doimiy yordamchisi boʻlgan[26][27][28][29].
U 1931-yil Amerika falsafiy jamiyatiga saylangan edi[30].
Kellogg oʻzining akademik maʼlumotga ega emasligini bilar edi. U bir xonali qishloq maktabida oʻqidi va 14 yoshida uni tashlab ketdi. U hech qachon oʻrta maktabda, kollejda yoki yuridik maktabda oʻqimagan edi. Uning yagona malaka oshirishi xususiy advokatlik idorasida xizmat qilish edi. Kellogg Minnesota shtatidagi kambagʻal fermada oʻsgan edi. Yevropa diplomatiyasida hukmronlik qilgan aristokratlar bilan muomala qilish uchun qoʻmondonlik yoki ilgʻor fikrlashga ham ega emas edi. Davlat kotibi sifatida uning asosiy eʼtibori Lotin amerikasi boʻlib, u yerda shafqatsiz ammo, tajribasiz boʻlgan kuchli odamlar bilan ishlagan. Uning xodimlari gʻoyalarni taqdim etishdi va ular Kelloggning har doim kirishimli, samimiy va oson muloqot qilishini qadrlashar edi. Kellogg Meksika hukumati va katolik cherkovi oʻrtasidagi kurashni toʻxtatishga yordam berdi, lekin neft zaxiralariga egalik qilish boʻyicha nizoni toʻxtata olmadi. Soʻngra uzoq sharqda, uzoq sharq ishlarining yangi boshligʻi Nelson Trusler Johnsonning maslahatiga amal qildi. Ular Xitoyni qoʻllab-quvvatladi va Yaponiyaning tahdidlaridan himoya qildi. Ular Xitoy bilan boj islohoti boʻyicha muzokaralarni muvaffaqqiyatli olib bordi. Shu bilan birga Kuomintangga kuchli maqom berdi va nafi tegmaydigan shartnomalardan qutilishga yordam berdi[31]. Yevropaga kelsak, u birinchi navbatda Vashington shartnomasida belgilangan dengiz qurollariga cheklovlarni kengaytirishdan manfaatdor edi va u ozroq muvaffaqqiyatga ham erishdi. Kellogg xalqaro miqyosda shuhrat qozondi va Kellogg-Briand pakti bilan tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. Bu deyarli barcha xalqlar tomonidan maʼqullandi va urush boshlashni jazolanadigan jinoiy harakatga aylantirdi. Shartnoma 1945-yildan keyin Germaniya va Yaponiya urush rahbarlarining sudlanishi va qatl etilishi uchun asos boʻla oldi[32].
Kellogg 1886-yilda George Clinton Cook (1828–1901) va Elizabeth (née Burns) Cook (1838–1908) ning qizi Clara May Cook (1828-1901) bilan turmush qurgan[33]. 1880-yil Rochesterdagi mason lojasining aʼzosi boʻldi va u yerda 1-aprel, 19-aprel va 3-mayda masonlik darajasini oldi[34]. U 81-yoshga toʻlish arafasida Saint Paulda insultdan soʻng pnevmoniyadan kasallanib vafot etdi[12]. U Vashingtondagi Aremathealik avliyo Joseph ibodatxonasiga dafn etilgan[15].
1937-yilda u Carleton kollejidagi Kellogg xalqaro munosabatlar boʻyicha taʼlim jamgʻarmasiga vasiy boʻlgan[35]. 1976-yil uning Saint Pauldagi Frank B. Kellogg uyi milliy-tarixiy yodgorlik roʻyxatiga kiritilgan[36].
Uning sharafiga quyidagilar nomlangan:
Tadqiqotlarda foydalanish uchun Kellogning maqolalari Minnesota tarixiy jamiyatida mavjud. Ularga yozishmalar va turli xil hujjatlar, davlat departamentining dublikatlari, yangiliklar lavhalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, xaritalar, yodgorliklar va memorandumlar kiradi[38].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.