Franchayzing
From Wikipedia, the free encyclopedia
Franchayzing (ingliz. franchising), yoki franshiza (gallits. franchise — imtiyoz), yoki tijorat konsessiyasi — bozor subyektlari oʻrtasidagi munosabatlar turi; bir tomon (franchayzer[1]) ikkinchi tomonga (franchayzi) tadbirkorlikning maʼlum bir turida ish yuritishning oʻzi tomonidan ishlab chiqilgan biznes modelidan: franchayzerning brendi, savdo belgisi, xom ashyosi va texnologiyalaridan foydalanib, uning nomidan ish yuritishga haq evaziga (akkord; bir yoki koʻp martalik toʻlov) ruxsat berishi.