Foydalanuvchi:GuliMohim/Madaniy meros turlari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Madaniy meros - bu guruh yoki jamiyatning ajdodlaridan meros bo'lib qolgan moddiy va nomoddiy merosidir. O‘tgan ajdodlar merosining hammasi ham “madaniy meros” emas; aksincha, madaniy meros jamiyat tomonidan tanlab olingan mahsulotdir. [1]
Madaniy meros oz ichiga moddiy madaniyatlar (binolar, yodgorliklar, landshaftlar, arxiv materiallari, kitoblar, san'at asarlari va artefaktlar kabi), nomoddiy madaniyatlar (masalan, folklor, an'analar, til va bilimlar kabi) va biologik jihatdan xilma-xillikdan iborat tabiiy meros singari (shu jumladan madaniy ahamiyatga ega landshaftlar) qamrab oladi. [2] Bu atamalar kop hollarda mahalliy intellektual mulkni himoya qilish bilan bog'liq masalalarda qo'llaniladi. [3]
Madaniy boyliklarni huquqiy muhofaza qilish bir qator xalqaro shartnomalar, mahalliy qonunlar va xalqaro kelishuvlar bilan himoyalangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YuNESKO va Blue Shield International madaniy merosni muhofaza qilish bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar shular jumlasidandir. Bu, shuningdek , Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikparvarlik integratsiyasiga ham tegishli. [4] [5] [6] [7] [8] [9]