Foydalanuvchi:Akbar2p2p/qumloq
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kosmik huquqi — bu koinot bilan bogʻliq faoliyatni tartibga soluvchi huquq sohasi boʻlib, u ham xalqaro, ham ichki shartnomalar, qoidalar va tamoyillarni oʻz ichiga oladi[1]. Fazo qonunchiligining parametrlariga kosmik tadqiqotlar, zarar uchun javobgarlik, qurollardan foydalanish, qutqaruv harakatlari, atrof- muhitni muhofaza qilish, axborot almashish, yangi texnologiyalar va odob-axloq qoidalari kiradi[2]. Huquqning boshqa sohalari, masalan, maʼmuriy huquq, intellektual mulk huquqi, qurol nazorati huquqi, sugʻurta huquqi, atrof- muhit huquqi, jinoyat huquq va tijorat huquqi ham fazo huquqi doirasiga integratsiyalashgan[3].
Fazo huquqning kelib chiqishi 1919-yilga borib taqaladi, xalqaro huquq har bir davlatning bevosita oʻz hududi ustidagi havo hududi ustidan suverenitetini tan oladi, bu keyinchalik 1944 -yildagi Chikago konvensiyasida mustahkamlandi[4][5]. Sovuq urush davrida ichki kosmik dasturlarning boshlanishi Xalqaro ilmiy ittifoqlar kengashi tashabbusi bilan xalqaro kosmik siyosatning (yaʼni Xalqaro geofizika yili) rasmiy yaratilishiga turtki boʻldi. 1957-yilda Sovet Ittifoqi tomonidan dunyodagi birinchi sunʼiy yoʻldosh — Sputnik 1 ning uchirilishi bevosita Qoʻshma Shtatlar Kongressini Kosmik qonunni qabul qilishga undadi va shu yoʻsinda Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) tuzildi[3][6]. Koinotni oʻrganish transmilliy chegaralarni kesib oʻtishni talab qilganligi sababli, aynan shu davrda fazo huquqi anʼanaviy aerokosmik qonunchilikdan mustaqil sohaga aylandi[5].
Sovuq urush davridan boshlab Tashqi fazodan foydalanish va tadqiq qilish boʻyicha davlatlar faoliyatini tartibga soluvchi prinisiplar toʻgʻrisidagi Kelishuv, shuningdek, Oy va boshqa kosmik obyektlar („Tashqi fazo Kelishuvi“) va Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi konstitutsiyaviy huquqiy asos boʻlib xizmat fazo huquqini tashkil etuvchi tamoyillar va tartiblar toʻplami huquqiy jihatdan shakllantirish ishlarida sezilarli xizmat qildi[7][8]. Bundan tashqari, BMTning Kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish qoʻmitasi (COPUOS), uning Huquqiy va ilmiy-texnikaviy quyi qoʻmitalari bilan birgalikda xalqaro kosmik huquq va siyosat masalalarini muhokama qilish uchun masʼuldir. BMTning Kosmos ishlari boʻyicha boshqarmasi(UNOOSA) qoʻmitaning kotibiyati boʻlib xizmat qiladi va keng koʻlamli konferensiyalar va salohiyatni oshirish dasturlari orqali hamma uchun kosmosga kirishni targʻib qiladi[9]. Fazo qonunchiligi kelajakda duch keladigan muammolar toʻrtta boʻlib, bular ichki muvofiqlik; xalqaro hamkorlik; axloq va ilmiy innovatsiyalarning paydo boʻlishi oʻlchovlarini qamrab oladi.[3][10][11]. Bundan tashqari, havo boʻshligʻining taʼrifi boʻyicha aniq koʻrsatmalar hali universal tarzda belgilanmagan[3]. Fazo huquqi huquqning bir qismi boʻlib fazo bilan bogʻliq jarayonlarni tartibga solish, xalqaro va ichki kelishuvlarni, qoidalarni va prinsiplarni qamrab oladi. Fazo huquqining elementlariga fazoni tadqiq qilish, zarar uchun javobgarlik, qurollardan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, maʼlumot almashish, yangi texnologiyalar va odob qoidalari kiradi. Boshqa huquq sohalari, masalan, maʼmuriy huquq, intellektual mulk huquqi, qurollarni nazorat qilish huquqi, sugʻurta huquqi, ekologiya huquqi, jinoyat huquqi va biznes huquq kabilar fazo huquqi bilan integratsiyalashgan. Fazo huquqining vujudga kelishi 1919-yilga borib taqaladi, yaʼni xalqaro huquq tomonidan har bir mamlakatning hududi ustidagi havo kengliklari boʻyicha suvereniteti eʼlon qilinganligi boʻlsa, keyinchalik 1944-yilda Chikago Konvensiyasi kuchga kirishi orqali yanada mustahkamlandi. Ichki fazo dasturlarining Sovuq urush mobaynida ishga tushirishXalqaro ilmiy birlashmalar Kengashi tomonidan xalqaro fazo politsiyasini rasmiy ravishda tuzilishiga undadi (masalan, Xalqaro geofizika yili). Sovet Ittifoqi tomonidan 1957-yilda jahondagi birinchi sunʼiy yoʻldoshning uchirilishi Milliy aeronomika va fazo maʼmuriyatiga asos solinishiga qaramasdan AQSh Kongressi tomonidan Fazo Aktining eksperiment qilinish jarayonlariga toʻsqinlik qilmadi. Chunki fazoni kashf etilishi transmilliy chegaralarni keib oʻtishni taqozo qiladi va oʻsha davr fazo huquqining anʼanaviy aerofazo huquqidan mustaqil sohaga aylanishiga olib keldi.