Forsaj 9
From Wikipedia, the free encyclopedia
Forsaj 9 (inglizcha: F9: The Fast Saga) 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Justin Lin tomonidan suratga olingan jangari janridagi AQSh filmidir.[8] Film 2017-yilda suratga olingan Forsaj 8 filmining sikveli boʻlib, Forsaj franshizasining toʻqqizinchi toʻliq hajmli filmi sanaladi. Filmda bosh qahramonlarni jonlantirganlar sirasiga Vin Diesel, Michelle Rodriguez, Tyrese Gibson, Chris „Ludacris“ Bridges, John Cena, Jordana Brewster, Nathalie Emmanuel, Sung Kang, Michael Rooker, Helen Mirren, Kurt Russell va Charlize Theron kirishadi.
Forsaj 9 | |
---|---|
![]() Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Justin Lin |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Daniel Casey |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Brian Tyler[1] |
Kinematografiya | Stephen F. Windon[2] |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) |
One Race Films Chris Morgan Productions |
Distribyutor | Universal Pictures |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 143 daqiqa[3] |
Mamlakat |
![]() |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $200–225 million[4][5] |
Daromadi | $726.2 million[6][7] |
Avvalgi film | Forsaj 8 |
Forsaj 9 filmini dastlab 19-aprel 2019-yilda chiqarish rejalashtirilgan edi, biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli premyera muddati uzaytirildi.[9][10][11] Shunday qilib, filmning xalqaro premyerasi Janubiy Koreyada 19-may 2021-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda esa 25-iyun 2021-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi.[12] Film umumjahon boʻylab $726 million jamgʻarishga muvaffaq boʻldi.