![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/14/Albert_Einstein_1947.jpg/640px-Albert_Einstein_1947.jpg&w=640&q=50)
Fizik
fizika boʻyicha tadqiqot olib borgan olim / From Wikipedia, the free encyclopedia
Fizik — bu fizika boʻyicha ixtisoslashgan olim boʻlib, uning ilmiy faoliyati fizik olamdagi barcha uzunlik va vaqt shkalalarida materiya va energiyaning oʻzaro taʼsirini oʻz ichiga oladi[1]. Fiziklar odatda hodisalarning asosi yoki yakuniy sabablari bilan qiziqishadi va odatda oʻz tushunchalarini matematik nuqtai nazardan tuzadilar. Fiziklar barcha uzunlik oʻlchamlarini qamrab olgan, sub-atom va zarralar fizikasi, biologik fizikagadan, butun koinotni qamrab olgan kosmologik uzunlik oʻlchamgagacha keng koʻlamli tadqiqot sohalarida ishlaydi: Fiziklar ikki turda faoliyat olib boradi: tabiat hodisalarini kuzatish va tajribalarni ishlab chiqish va tahlil qilishga ixtisoslashgan eksperimental fiziklar va tabiiy hodisalarni ratsionalizatsiya qilish, tushuntirish va bashorat qilish uchun fizik tizimlarni matematik modellashtirishga ixtisoslashgan nazariy fiziklar[1]. Fiziklar oʻz bilimlarini amaliy muammolarni hal qilishda yoki yangi texnologiyalarni ishlab chiqishda qoʻllashlari mumkin (shuningdek, amaliy fizika yoki muhandislik fizikasi deb ham ataladi)[2][3][4].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/14/Albert_Einstein_1947.jpg/640px-Albert_Einstein_1947.jpg)