![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/86/View_on_the_half_way_to_Kayangan_Lake_-_panoramio.jpg/640px-View_on_the_half_way_to_Kayangan_Lake_-_panoramio.jpg&w=640&q=50)
Filippinda turizm
From Wikipedia, the free encyclopedia
Turizm Filippin iqtisodiyoti uchun muhim sektorlardan biri hisoblanadi. Sayohat va turizm sanoati 2021-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotiga 5,2%ni tashkil etdi[1] bu 2019-yilda COVID-19 pandemiyasidan oldin qayd etilgan 12,7%dan past koʻrsatgich sanaladi[2]. Mamlakat oʻzining boy biologik xilma-xilligi bilan mashhur boʻlib, uning asosiy turistik diqqatga sazovor resurslar va imkoniyatlari hisoblanadi[3]. Sayyohlar orasida mashhur yoʻnalishlarga Boracay, Palawan va Siargao kiradi. Potensialga qaramay, Filippin siyosiy va ijtimoiy muammolar tufayli turizm sanoatida janubi-sharqiy Osiyodagi baʼzi qoʻshnilaridan orqada qolmoqda[4].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/86/View_on_the_half_way_to_Kayangan_Lake_-_panoramio.jpg/640px-View_on_the_half_way_to_Kayangan_Lake_-_panoramio.jpg)
2019-yil holatiga koʻra, turizm sohasida 5,7 million filippinlik ish bilan taʼminlangan[5]. 2015-yilda Filippin hukumati chet ellik sayyohlardan 227,62 milliard peso yigʻdi. Mamlakat 2015-yilda „Bu Filippinda yanada qiziqarli“ turizm kampaniyasi orqali jami 5 360 682 nafar chet ellik mehmonni qabul qildi[6]. 2019-yilda xorijdan kelganlar 8 260 913 nafarga yetdi[7].
Mamlakatda, tabiatning New7Wonders biri, Puerto Princesa er osti daryosi milliy bogʻi va New7Wonders shaharlaridan biri, Vigan merosi shahri joylashgan.