Feminizm bu jinslar oʻrtasida siyosiy, iqtisodiy, shaxsiy va ijtimoiy tenglikni tashkil etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy harakatlar va mafkuralar tizimidir[1][2][3][4][5]. Feminizm jamiyatlar erkaklar nuqtai nazarini ustun koʻrishi, ayollarga esa adolatsiz munosabatda boʻlishi gʻoyasini oʻz ichiga oladi. Ushbu holatni oʻzgartirish uchun feminizm gender steoreotiplariga qarshi kurashish, ayollarga xuddi erkaklar uchun mavjud boʻlgan taʼlim va mehnat imkoniyatlarini yaratishga harakat qiladi.

Thumb

Feministik harakatlar xotin-qizlar huquqlari, shu jumladan ovoz berish, davlat lavozimlarini egallash, mehnat qilish, adolatli ish haqi olish va maoshdagi gender tafovutini bartaraf etish, mulkka egalik qilish, taʼlim olish, nikohda teng huquqqa ega boʻlish va onalik taʼtiliga ega boʻlish uchun harakat qiladilar[6].

Feministik harakatlar dunyoda ayollar huquqi borasida eng katta ijtimoiy oʻzgarishlar qilgan omildir. Gʻarb mamlakatlarida hozirda eng bazaviy huquq hisoblangan ayollarning saylash va saylanish huquqi, reproduktiv huquq (homiladorlikni oldini olish va abort), bitimlar tuzish va mulkka egalik qilish, ingliz tilida soʻzlarning gender neytralligini[7] taʼminlashga feminizm sababchi hisoblanadi.

Terminologiya

Tadqiqotchilarning fikricha „feminizm“ atamasini fransuz faylasufi Sharl Furye kiritgan. „Feminizm“ va „feminist“ soʻzlari Fransiya va Gollandiyada 1872-yilda, Buyuk Britaniyada 1890-yillarda va AQSHda 1910-yilda paydo boʻlishni boshlagan. Ingliz tilining Oksford lugʻati „feminist“ soʻzi 1852-yildan, „feminism“ soʻzi esa 1895-yildan ishlatilishni boshlagan deb koʻrsatadi.

Davrlar

Gʻarb mamlakatlarida feminizm harakati tarixi toʻrt „toʻlqin“ga boʻlinadi.

  1. Feminizmning birinchi toʻlqini asosan XIX va XX asr boshlaridagi sufrajetlar harakatini oʻz ichiga oladi, uning asosiy maqsadi bu ayollarning saylov huquqi va turmush qurgan ayollarning mulkka egalik qilish huquqi boʻlgan.
  2. Feminizmning ikkinchi toʻlqini sifatida 1960-yillarda boshlangan ayollarning ozodlik harakati tushuniladi. Bu harakat ayol va erkaklarning toʻliq huquqiy va ijtimoiy tengligini targʻib qiladi.
  3. Uchinchi toʻlqin ikkinchi toʻlqinning davomi boʻlib, uning qator muvaffaqiyatsizlariga nisbatan munosabatdir. Uchinchi toʻlqinning paydo boʻlishi 1990-yillarga toʻgʻri keladi[8] va feministlar orasidagi „jinsiy bahslar“ bilan bogʻliq. Ushbu bahs va feminizmning antipornografik feminizm va jinsiy-ijobiy feminizmga boʻlinishi ikkinchi toʻlqinning oxiri va uchinchi toʻlqinning boshlanishi deya hisoblanadi.
  4. Toʻrtinchi toʻlqin taxminan 2013-yildan boshlangan bosqichdir[9]. Bu toʻlqin ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, internetdagi faollik va marginallashtirilgan ijtimoiy guruhlar, xususan „rangli“ va trans-ayollarni himoya qilish bilan tavsiflanadi[10][11][12]..

Manbalar

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.