From Wikipedia, the free encyclopedia
Fahriddin Aslpoʻlat oʻgʻli Umarov (1926-yil 1-sentyabr, Qibray – 2007-yil 8-sentyabr) – xofiz, bastakor, shoir. Oʻzbekiston xalq xofizi.
Fahriddin Umarov | ||
---|---|---|
| ||
Maʼlumot | ||
Tavallud topgan sanasi va joyi | 1-sentyabr 1926-yil Qibray, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston | |
Vafot etgan sanasi va joyi | 8-sentyabr 2007-yil (81 yoshda) | |
Yo'nalishi | Lirika | |
Kasbi | Xofiz, Bastakor, Shoir | |
Faoliyat yillari | 1949—2007 | |
Mukofotlari |
Fahriddin Aslpoʻlat oʻgʻli Umarov 1926-yil 1-sentyabrda Toshkent viloyati Qibray tumaning Qibray shaharchasida tugʻilgan. Yoshlik yillari qatagʻon davrlariga toʻgʻri kelib Ukraina hududlariga oilasi bilan surgun qilingan[1]. Onasi 32 yoshida oʻsha yerda kasallikdan vafot etgan. Dutor chalishni otasidan, skripka chalishni musiqa ustozi Rahimjon Ikromovdan oʻrgangan. Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilgan. Urushdan keyin Oʻzbekistonga qaytib kelgan.
Ilk musiqa saboqlarini otasidan, soʻng xofizlik sirlarini Asqar Ubaydullayev, Akmalxon va Boboxon Soʻfixonovlardan oʻrgangan. 1950–1953-yillarda Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan. 1946–1961-yillarda Oʻzbekiston radioqoʻmitasida, 1961–1986-yillarda Oʻzbek davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritgan.
Repertuaridan, asosan, kuylarni oʻzi bastalagan qoʻshiq va ashulalar – „Ishqingda zor oʻldim“ (Noqis gʻazali), „Naylaram“ (Xislat), „Jamoling“, „Sochining savdosi tushdi“ (Bobur), „Onam derman“ (Yo. Mirzo), „Qaydasan“ (Bobrahim Mashrab), „Oʻzbegim“ (Erkin Vohidov), „Ey, muhabbat“ (Poʻlat Moʻmin), „Umr oʻtmoqda“ (Toʻra Sulaymon), shuningdek, mumtoz („Chorgoh“, „Bayot“ kabi) va zamonaviy bastakorlar ashulalari („Munojot“, „Sodirxon Ushshogʻi“ va boshqalar) oʻrin olgan. Uzoq yillik ijodiy faoliyati natijasida 400 dan ortiq qoʻshiqlar yaratgan[2]. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonojamgʻarmasiga, 20 dan ortiq gramplastinkaga yozilgan. Fahriddin Umarov 2007-yil 8-sentyabrda vafot etgan[3].
Yil | Nomi | Shoir | Bastakor |
---|---|---|---|
Ishqingda zor oʻldim | Noqis | ||
Naylaram | Xislat | ||
Jamoling | Bobur | ||
Sochining savdosi tushdi | |||
Onam derman | Yo. Mirzo | ||
Qaydasan | Bobrahim Mashrab | ||
Oʻzbegim | Erkin Vohidov | ||
Ey, muhabbat | Poʻlat Moʻmin | ||
Umr oʻtmoqda | Toʻra Sulaymon | ||
Falak | |||
Yona-yona keldim | |||
18 ga kirmagan kim bor | |||
Moʻminga shifo | |||
Farzandim | |||
Iltimosga kuning qolmasin | |||
Xalqim |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.