![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/50/Logo_central_iran_bank.svg/languz-640px-Logo_central_iran_bank.svg.png&w=640&q=50)
Eron Markaziy banki
From Wikipedia, the free encyclopedia
Eron Markaziy banki ( forscha: بانک مرکزی جمهوری اسلامی ايران; SWIFT kodi: BMJIIRTH) Eron Islom Respublikasining markaziy banki va mamlakat bank tizimi regulyatori.
![]() | |
Turi | davlat markaziy banki |
---|---|
Status | Bank |
Qachon asos solingan | 1960 |
Hududiy xizmati |
![]() |
Rahbar | Muhammadrizo Farzin |
Vebsayti | www.cbi.ir |
Til(lar)i | fors |
1960-yildagi Eron Bank va valyuta faoliyati qonuni asosida tashkil etilgan boʻlib, u Eron hukumati bankiri sifatida xizmat qiladi va mamlakatda banknot va tanga chiqarish boʻyicha mutlaq huquqqa ega. Markaziy bank Eron riali qiymatini saqlab qolish va banklar va kredit tashkilotlarini nazorat qilish vazifasini bajaradi. U Eron milliy javohirlari, shuningdek, valyuta va oltin zaxiralarining saqlovchisi sifatida faoliyat olib boradi. [1] Shuningdek, u Osiyo kliring ittifoqining taʼsischi aʼzosi hisoblanadi, xorijdagi oltin va kapital oqimlarini nazorat qiladi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasida (XVJ) Eronni tamsil qiladi va xalqaro miqyosda Eron va boshqa davlatlar oʻrtasida toʻlov bitimlarini tuzadi. [1]
2022-yil 21-sentabr kuni Anonymous xakerlar guruhi tomonidan Eron Islom Respublikasining veb-saytiga DDoS hujumlar amalga oshirildi va buning natijasida hozirda saytga kirish imkoniyati mavjud emas. Xakerlik hujumi Mahso Aminiyning vafoti munosabati bilan oʻtkazilgan norozilik belgisi boʻlgan.