Endre Szemerédi
vengriyalik-amerikalik matematik / From Wikipedia, the free encyclopedia
Endre Szemerédi (talaffuzi: Endre Semeredi) (1940-yil 21-avgustda tugʻilgan) — vengriyalik-amerikalik[1] matematik va informatik. Szemerédi kombinatorika hamda nazariy informatika sohalarida faoliyat yuritib keladi. 2012-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan[2][3].
Endre Szemerédi | |
---|---|
Tavalludi |
21-avgust 1940-yil (1940-08-21) (83 yosh) Budapest, Vengriya |
Fuqaroligi | Vengriya, AQSh |
Sohasi |
Matematika Informatika |
Institutlar | Rutgers universiteti |
Akademik rahbarlari | Israel Gelfand |
Mashhur shogirdlari |
Jaikumar Radhakrishnan Gabor Sarkozy |
Mashhur ishlari |
Tate gipotezasi Tate moduli Hodge-Tate moduli Serre-Tate teoremasi Shafarevich-Tate guruhi Sato-Tate gipotezasi |
Mukofotlari |
Alfréd Rényi mukofoti (1973) George Pólya mukofoti (1975) Leroy P. Steele mukofoti (2008) Rolf Schock mukofoti (2008) Széchenyi mukofoti (2012) Abel mukofoti (2012) |
Szemerédi Budapestdagi Eötvös Loránd universitetida tahsil olgan. Moskva davlat universitetidan PhD darajasini olgan. 1986-yildan beri Rutgers universitetida ishlab keladi. Shuningdek, olim Stanford (1974), McGill (1980), Janubiy Carolina (1981–1983) hamda Chicago (1985–1986) universitetlarida chaqirilgan professor oʻlaroq ishlagan.
Szemerédi kombinatorika hamda informatika sohalariga salmoqli hissa qoʻshgan. Xususan, olimning nomi Szemerédi teoremasi, Szemerédi muntazamlik lemmasi, Hajnal–Szemerédi teoremasi hamda Szemerédi–Trotter teoremasi kabi tushunchalar bilan bogʻliqdir. Szemerédi metamatika, nazariy informatika hamda arifmetik kombinatorika sohalariga ouda mavzularda 200 dan oshiq ilmiy maqola yozgan.