Elon Lindenstrauss
isroilllik matematik / From Wikipedia, the free encyclopedia
Elon Lindenstrauss (ivritcha: אילון לינדנשטראוס (talaffuzi: Elon Lindenshtrauss) (1970-yil 1-avgustda tugʻilgan) - isroilllik matematik. Lindenstrauss Fields medali bilan taqdirlangan ilk isroillik matematikdir.[1]
Elon Lindenstrauss | |
---|---|
Tavalludi |
1-avgust 1970-yil (1970-08-01) (53 yosh) Quddus, Isroil |
Fuqaroligi | Isroil |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Quddus yahudiy universiteti Princeton universiteti |
Taʼlimi | Quddus yahudiy universiteti |
Akademik rahbarlari | Benjamin Weiss |
Mukofotlari |
Blumenthal mukofoti (2001) Salem mukofoti (2003) Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2004) Fermat mukofoti (2009) Erdős mukofoti (2009) Fields medali (2010) |
Lindenstrauss 1970-yil Quddus shahrida tugʻulgan. 18 yoshida Xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalni qoʻlga kiritgan. 1999-yil Quddus yahudiy universitetini tamomlab, PhD darajasini olgan. Stanford va Princeton universitetlarida hamda Clay matematika institutida ishlagan. 2009-yildan beri Quddus yahudiy universitetida ishlaydi.
Lindenstrauss dinamika sohasida, xususan, ergodik teoriya va uning sonlar nazariyasiga tatbigʻini oʻrganib keladi. Shuningdek, Anatole Katok va Manfred Einsiedler bilan hamkorlikda Littlewood gipotezasini takomillashtirgan.