Elizabeth Cady Stanton
From Wikipedia, the free encyclopedia
Elizabeth Cady Stanton (1815-yil 12-noyabr – 1902-yil 26-oktabr) – amerikalik yozuvchi va aktivist boʻlib, XIX asr oʻrtalari va oxirlarida AQShda ayollar huquqlari harakatining yetakchisi boʻlgan. U 1848-yilgi ayollar huquqlarini muhokama qilishga qaratilgan birinchi konvensiya – Seneca Falls konvensiyasi asoschilaridan biri va Sentiments deklaratsiyasining asosiy mualliflaridan biri edi. Uning ayollarning ovoz berish huquqi haqidagi talabi konvensiyada bahs-munozaralarga sabab boʻldi, ammo tezda ayollar harakatining asosiy tamoyiliga aylandi. U boshqa ijtimoiy sohalarda, ayniqsa abolitsionizmda faol edi.
Elizabeth Cady Stanton | |
---|---|
![]() Stanton, 65 yosh | |
Tavalludi |
1815-yil 12-noyabr Johnstown, New York, AQSH |
Vafoti | 26-oktyabr 1902[1] |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili[1] |
Fuqaroligi | AQSh |
Ota-onasi |
Daniel Cady Margaret Livingston |
Qarindoshlari |
James Livingston (bobosi) Elizabeth Smith Miller (amakivachchasi) Nora Stanton Barney (nevarasi) |
Imzosi | |
![]() |
U 1851-yilda Susan B. Anthony bilan uchrashdi va ayollar huquqlari harakatining rivojlanishi uchun juda muhim boʻlgan oʻnlab yillar davom etgan hamkorlikni tuzdi. Amerika fuqarolar urushi davrida ular qullikni bekor qilish uchun Womenʼs Loyal National Ligasini tuzdilar. Ular 1868-yilda ayollar huquqlarini himoya qilish uchun „ Inqilob“ nomli gazetani nash qilishdi.
Stanton Ayollarning saylov huquqi milliy assotsiatsiyasi prezidenti boʻldi. Yigirma yildan koʻproq vaqt davomida, Stenton tashkilotning birinchi prezidenti maqomida boʻldi. Bu faxriy lavozim edi. Stanton tashkilotning ayollarning ovoz berish huquqiga tobora koʻproq eʼtibor qaratayotganiga qaramay, ayollar huquqlarining keng doirasi ustida ishlashda davom etdi.
Stanton „Ayollarning saylov huquqi tarixi“ uch jildlik kitobining asosiy muallifi edi. Shuningdek, „Ayollar Injili“ kitobining ham asosiy muallifi boʻlgan. Bu kitob ayollarga boʻlgan munosabat va notoʻgʻri qarashlarni oʻzida aks ettiradi.