Edward Victor Appleton
From Wikipedia, the free encyclopedia
Edward Victor Appleton (talaffuzi: Edvard Viktor Appleton) (1892.6.9, Bradford — 1965.21.4, Edinburg) — angliyalik radiofizik. London qirollik jamiyati aʼzosi (1927). Kembrij universitetini tugatgan (1914). London universiteti (1924-36), Kembrij universiteti professor (1936-39), Buyuk Britaniya ilmiy tadqiqotlar departamenti kotibi (1939-49). Edinburg universiteti rektori (1949-yildan). Asosiy ilmiy ishlari radiotoʻlqinlarning tarqalishi va soʻnishiga oid. 1924 va 1927-yilda ionosferaning radiotoʻlqinlarni qaytaruvchi ikki qatlamini eksperimental ravishda topdi. Ionosferani har tomonlama tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1947)[1][2].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/58/Appleton.jpg/220px-Appleton.jpg)