Stoun Ayova shtatining Noksvil shahrida tugʻilgan. Ayova shtatidagi Burlington Junior kollejida bakalavriat taʼlimini olgandan soʻng, Stoun Chikago universitetiga oʻqishga kirdi va u yerda fizika boʻyicha magistrlik va doktorlik darajasini qoʻlga kiritdi. Stounning astrofizika karyerasi 1961 yilda Diskoverer sunʼiy yoʻldoshlarida oʻtkazgan birinchi kosmik nurlari tajribalariga borib taqaladi. Keyin u Kaltek xodimlariga tadqiqotchi sifatida qoʻshildi va 1967 yildan boshlab oʻqituvchi boʻlib ishladi.
1976 yilda u fizika fani professori boʻlishga erishdi va 1983 yildan 1988 yilgacha fizika, matematika va astronomiya kafedrasi mudiri boʻldi. U, shuningdek, Kaltek kosmik radiatsiya laboratoriyasi direktori va Astronomik obʼektlar boʻyicha vitse-prezident sifatida ishlagan. Hozirda u Morrisro fizika professori [1]va Thirty_meter_telescope (30 metrli teleskop) direktorlar kengashi raisining o'rinbosari. [2]
1972-yildan u Voyajer kosmik kemalari missiyalari bo‘yicha loyiha olimi sifatida va 1980-yillarda Voyajer ilmiy jamoasining asosiy vakili sifatida jamoatchilikka yaxshi tanilgan edi. Olim faoliyati davomida, NASA ning toʻqqizta kosmik kemasi missiyalarida bosh tadqiqotchi boʻlib ishlagan.
U Voyajer 1 va 2 kosmik kemalarida kosmik nurlarni oʻlchash boʻyicha Kosmik nurlar tizimining asosiy tadqiqotchisi boʻlgan. [3] U, shuningdek, 2017 yilda Voyajer dasturi boʻyicha "The Farthest " (Eng Olis) hujjatli filmida qatnashadi. Stoun 50 yil faoliyat yuritib, 2022 yilda Voyajer missiyalari loyihasi boʻyicha olim maqomi bilan nafaqaga chiqdi. [4]