From Wikipedia, the free encyclopedia
EH216-S – Xitoyning dron ishlab chiqaruvchi EHang Holidings kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vertikal uchib-qoʻnuvchi avtonom elektr (eVTOL) droni[1].
EH216-S | |
---|---|
Tavsifi | |
Turi | eVOLT |
Ishlab chiqaruvchi | EHang |
Narxi | 332 060 $ |
Oʻlchamlari | |
Boʻyi | 1850 mm |
Eni | 5630 mm |
EH216-S Vikiomborda |
Qurilma 2016-yilda CES koʻrgazmasida debyut qiladi[2]. Vertikal uchish va qoʻna oluvchi elektr droni (inglizcha: electric vertical take-off and landing (eVTOL)) avtonom boshqariladigan uchish qurilmasi boʻlib, operator tomonidan masofadan turib boshqatlriladi. Qurilma bortiga ikki kishi sigʻadi.
EH216-S havo taksisi maʼlum bir yoʻnalish boʻylab avtonom parvozni amalga oshiradi. Operator qurilmaning harakatini masofaviy nazorat qiladi va agar kerak boʻlsa, boshqaruvni oʻz qoʻliga oladi. Yoʻlovchilar faqat havo taksi salonida oʻtirgan holda atrofni kuzatishi mumkin[3].
2023-yil dekabr oyning oxirida EH216-S Guanchjou va Xefey shaharlarida ilk marta tijorat parvozlarini namoyish etdi[2].
2023-yilda EHang bosh direktori quyidagilarni[4] aytadi:
Biz qisqa muddatda dunyoda birinchi boʻlib avtopilot eVTOLlarning tijorat ekspluatatsiyasini yoʻlga qoʻyishga umid qilamiz.
Yengillashtirilgan tartibga solish qoidalari EHangga sertifikat olishdan ancha oldin bortdagi odamlar bilan 10 mingdan ortiq test rejimidagi parvozlarini amalga oshirishga imkon berdi[3].
EHang kompaniyasi 2023-yil oktabr oyida Xitoy aviatsiya idorasidan xavfsizlik sertifikatini oldi[1][5].
2024-yil 18-mart kuni Xitoyning Taobao marketpleysida EH216-S rusumli uchar taksini 2,39 million yuan (332 060 dollar) miqdorida sotuvi boshlandi[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.