![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a8/Domino_effect.jpg/640px-Domino_effect.jpg&w=640&q=50)
Domino effekti
qandaydir omil ta'sirida ma'lum bir hodisaning zanjir (zanjir reaksiyasi) tizimida bajarilishi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Domino effekti yoki zanjir reaksiyasi — bir hodisa oʻziga oʻxshash hodisalar bilan birgalikda butun zanjir hosil qiliuvchi yigʻma effekt[1]. Ushbu atama eng yaxshi mexanik taʼsir sifatida tanilgan hamda domino toshlarining bir-biriga ulab yiqilishiga oʻxshashlik sifatida qoʻllaniladi. Bu odatda ketma-ket hodisalar orasidagi vaqt nisbatan kichik boʻlgan voqealar ketma-ketligini anglatadi. U soʻzma-soʻz (kuzatilgan haqiqiy toʻqnashuvlar seriyasi) yoki metafora (global moliya yoki siyosat kabi tizimlar ichidagi sabab-oqibat aloqalari) ishlatilishi ham mumkin. Domino effekti atamasidan, shuningdek, hodisaning muqarrar yoki yuqori ehtimoli borligini bildirish uchun ham (allaqachon sodir boʻlganligi sababli) va aksincha, hodisaning imkonsiz yoki juda dargumon (bitta domino) ekanligini bildirish uchun foydalaniladi.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a8/Domino_effect.jpg/640px-Domino_effect.jpg)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6d/Domino_01.jpg/640px-Domino_01.jpg)