![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f9/Dmytro_Tymchuk.jpg/640px-Dmytro_Tymchuk.jpg&w=640&q=50)
Dmitro Timchuk
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dmitro Borisovich Timchuk (ukraincha: Дмитро Борисович Тимчук; 1972-yil 27-iyun, Chita, RSFSR, SSSR — 2019-yil 19-iyun, Kiyev, Ukraina) — ukrainalik harbiy va siyosiy jurnalist. Ukraina Qurolli kuchlarining zaxiradagi podpolkovnigi[1]. „Axborot qarshiligi“ (ukraincha: Інформаційний спротив) guruhi koordinatori[2], „Harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazi“ jamoat tashkiloti rahbari[2][3], 2008-yildan „Flot-2017“ onlayn nashri bosh muharriri[4][5]. Xalq frontidan Ukraina Oliy Radasining VIII chaqiriq deputati. Timchukning oʻzi va „Axborot qarshiligi“ guruhi Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi va Ukraina sharqidagi qurolli mojaro haqida tezkor axborot yoritishi, Rossiya va prezident Putin[6] haqidagi tanqidiy bayonotlari bilan shuhrat qozongan.