From Wikipedia, the free encyclopedia
Diktator (inglizcha: The Dictator) — Sacha Baron Cohen muallifligidagi komediya filmi. 2011—2012-yillarda bir qator arab mamlakatlaridagi norozilik namoyishlari tugagan paytda taqdim etilgan. „Paramount Pictures“ press-relizida film quyidagicha taʼriflanadi: „Shimoliy Afrika diktatorining oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyganligi haqidagi qahramonlik ertagi xolos, demokratiya hech qachon uning mazlum mamlakatiga kelmaydi. Film Kim Chen Irning yorqin xotirasiga bagʻishlanadi“.
Diktator inglizcha: The Dictator | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Larry Charles |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) |
|
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Erran Baron Cohen |
Kinematografiya | Lawrence Sher |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) | Four By Two Films |
Distribyutor | Paramount Pictures |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 83 minut[2] |
Mamlakatlar | |
Til | ingliz tilida |
Byudjeti | $65 million[4] |
Daromadi | $179.4 million[4] |
Afrikadagi Vadiya nomli mamlakatning mutloq hukmdori Admiral-general Hafiz Alouddin oʻz davlatida xohlagan ishini qiladi. Uning tashabbusi bilan Vadiyada yadroviy dastur qabul qilinib, uni Isroilga qarshi qoʻllash haqida koʻrsatma beriladi. Nadal ismli yirik olim tomonidan yadro quroli yaratiladi, biroq bu qurol Alouddinga yoqmay, Nadal ishdan haydaladi. Alouddinning yadroviy dasturidan xavotir olgan AQSH maʼmuriyatiga javob tariqasida Alouddin Nyu Yorkda Birlashgan millatlar tashkilotining majlisida chiqish qilishi va yadroviy dastur ahamiyatini tushuntirishi kerak boʻladi. Nyu Yorkka kelgan zahotiyoq, Alouddin oʻz amakisi va bosh vazir Tamirning odamlari tomonidan oʻgʻirlab ketiladi. Alouddin tasodifan tuzoqdan qochib qutuladi va koʻchalarda daydib yurib, katta televizordan xuddi oʻziga oʻxshash, ammo oligofren odam Birlashgan millatlar tashkiloti majlisida qogʻozga yozib berilgan nutqni oʻqib berayotganini koʻrib qoladi. Nutqda Vadiya xalqiga demokratik konstitutsiya orqali demokratiya berilishi, tabiiy resurslarning eksportga yoʻnaltirilishi eʼlon qilinadi. Tamirning asl maqsadi davlatda „soyadagi hukmdor“ boʻlib, barcha narsaga egalik qilishdan iborat. Koʻchada qolgan Alouddin Zoe ismli sotuvchi qiz bilan tanishib qoladi. Zoe uni oʻzining oziq-ovqat doʻkoniga ishga oladi va ularning oʻzaro munosabatlari shakllanadi. Bu shaharda Alouddin oʻzi bir vaqtlar ishdan haydab yuborgan vadiyalik olim Nadalni uchratadi. Nadal va Alouddin birlashib, demokratik konstitutsiyaning qabul qilinishini toʻxtatish rejasini tuzishadi. Reja muvafaqiyatli bajariladi. Alouddin konstitutsiyani yirtib tashlaydi, oʻziga suiqasd qilmoqchi boʻlgan amakisini hibsga oldiradi, biroq Vadiya xalqiga demokratiya berishni vaʼda qiladi. Film oxirida Alouddin va Zoe nikohlanishadi.
Aktyor | Rol |
---|---|
Sacha Baron Cohen | hukmdor Alouddin |
Anna Faris | sotuvchi qiz Zoe |
Ben Kingsley | bosh vazir Tamir |
Jason Manzukas | olim Nadal |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.