From Wikipedia, the free encyclopedia
Yum Deyvid (1711.7.5 Edinburg – 1776.25.8) – ingliz faylasufi, tarixchisi, iqtisodchisi. Agnostitsizmning asosiy prinsiplarini taʼriflab bergan. Sabablarini bilib boʻlmaydigan „taassurotlar“ oqimi boʻlgan hissiy tajriba (bilimlar manbai) toʻgʻrisidagi taʼlimotni rivojlantirgan. Borliq bilan ruhning munosabatini hal qilib boʻlmaydigan masala deb hisoblagan. Substansiya tushunchasini inkor etgan, uni bamisoli sarob deb bilgan. Gʻoyalar assotsiatsiyasi nazariyasini ishlab chiqqan. Etikada utilitarizm konsepsiyasini rivojlantirgan, siyosiy iqtisodda A.Smit ilgari surgan qiymatning mehnat nazariyasiga qoʻshilgan. Yum taʼlimoti I.Kant falsafasi, pozitivizm va nepozitivizm manbalaridan biri hisoblanadi. Asosiy asarlari: „Inson tabiati toʻgʻrisida risola“, „Tabiiy din toʻgʻrisida muloqot“, „Jonning abadiyligi haqida“, „Stoik“, „Skeptik“.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.