![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/2d/%25D0%2598%25D0%25A1-3_%25D0%25B2_%25D0%2594%25D0%25B5%25D1%2581%25D0%25BD%25D0%25B5.jpg/640px-%25D0%2598%25D0%25A1-3_%25D0%25B2_%25D0%2594%25D0%25B5%25D1%2581%25D0%25BD%25D0%25B5.jpg&w=640&q=50)
Desna (Chernigov viloyati)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Desna (ukraincha: Десна) — Ukraina shimolidagi Chernigov viloyati, Chernigov tumanidagi shahar tipidagi aholi punkti[1]. Unda Ukrainaning aholi punktlaridan biri boʻlgan Desna posyolkasi maʼmuriyati joylashgan[2]. 2001-yilgi Ukraina aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra aholi punkti 7180 kishi edi[1]. Hozirgi aholi soni esa: 7,353 kishini tashkil etadi. Bu aholi punktidan oqib oʻtuvchi Desna daryosi sharafiga nomlangan.
Desna Десна | |
---|---|
Urban-type settlement | |
![]() | |
50°55′31.2″N 30°46′22.4″E | |
Asos solingan | 1960-yil |
Aholisi (2021-yil) |
7 353 kishi |
Vaqt mintaqasi | UTCEET |
2020-yil 18-iyulgacha Desna Kozelets tumaniga tegishli edi. Ukrainaning maʼmuriy islohoti doirasida 2020-yil iyul oyida ushbu tuman tugatildi, bu esa Chernigov viloyatining tumanlari sonini beshtaga qisqartirdi. Kozelets tumani hududi Chernigov tumaniga birlashtirildi[3][4].
Shaharda Ukraina quruqlikdagi kuchlarining yirik harbiy oʻquv markazi (169-oʻquv markazi) joylashgan. U 2022-yil 17-may kuni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida Rossiya kuchlari tomonidan havo hujumiga uchragan, bu bazada joylashgan ukrainalik harbiy xizmatchilarning jiddiy qurbon boʻlishiga olib kelgan. 25-iyun kuni shahar yana ruslar tomonidan qanotli raketalar bilan hujumga uchradi, katta miqdorda vayronagarchiliklar keltirdi, ammo qurbonlar boʻlmagan[5].