Deportivo Alavés
From Wikipedia, the free encyclopedia
"Deportivo Alaves" (bask va ispancha: Deportivo Alavés) yoki oddiygina "Alaves" — Basklar mamlakati avtonom hamjamiyatidagi Alava provinsiyasining Vitoriya-Gasteiz shahridan kelgan bask professional futbol klubi. „Alaves“ Basklar mamlakatidagi „Atletik Bilbao“ va „Real Sosedad de Football“dan keyingi uchinchi eng muvaffaqiyatli jamoa sifatida tan olingan.
Ispaniya Deportivo Alaves | ||||
Toʻliq nomi | Deportivo Alaves S.A.D | |||
Laqabi | SHarafli (ispancha: El Glorioso) | |||
Asos solingan | 23-yanvar 1921-yil | |||
Stadion | Mendizorrotza | |||
Stadion hajmi | 19,840 tomoshabin | |||
Prezidenti | Alfonso Fernandes De Trokonis | |||
Murabbiyi | Xulio Velaskes | |||
Sardori | Viktor Laguardiya | |||
Musobaqasi | La Liga | |||
---|---|---|---|---|
2023/24 | 10- oʻrin | |||
|
Jamoaning uy libosi koʻk va oq chiziqli futbolka, koʻk rangli shortik va oq paypoqdan iborat. Jamoa uy uchrashuvlarini 19 840 oʻrinli Mendizorrotza stadionida oʻtkazadi va mashgʻulotlarini Ibaia shahrida joylashgan boshqa stadionda oʻtkazadi
Klubning eng yaxshi yillari XXI asr boshlariga toʻgʻri keladi. Oʻshanda jamoa muntazam ravishda La Liganing yuqori qismida Yevro kuboklar uchun kurashgan. Ispanya chempionatidagi eng yaxshi natijasi 6-oʻrin boʻlib jamoa bu natijaga 1999/2000-yilgi mavsumda erishgan.
Ammo „Alaves“ eng yuqori natijaga keyingi mavsumda Yevrokuboklardagi debyut ishtirokida erishdi. Jamoa Yevropa Ligasining finaligacha yetib keldi ammo finalda Angliyaning Liverpul jamoasiga qo'shimcha vaqtlarda imkonyatni boy berdi.