Athletic Bilbao
From Wikipedia, the free encyclopedia
"Atletik klub de Bilbao" (ispancha: Athletic Club de Bilbao) — [Ispaniya]] futbol jamoasi. Klub 1898 yilda tashkil etilgan, 1928 yildan boshlab (asos solingandan beri) Primerada ishtirok etib keladi. Atletik Bilbao — Ispaniya oliy divizionini hali biror marta ham tark etmagan uch klubdan (Barselona, Real Madrid) biridir. Klub Ispaniya klublari orasida eng koʻp titulga ega boʻlgan jamoalardan biri hisoblanadi. 8 marta mamlakat chempioni va 24 marta Qirollik kubogi sohibi boʻlgan.
{{{nomi}}} | ||||
Atletico Bilbao Stadion.jpg | ||||
Toʻliq nomi | Athletic Club de Bilbao | |||
Laqabi | qizil-oqlar Sherlar Basklar | |||
Asos solingan | 18-iyul, 1898-yil | |||
Stadion | San Mames, Bilbao, Ispaniya ![]() | |||
Stadion hajmi | 40,000 | |||
Rahbari | ![]() | |||
Murabbiyi | ![]() | |||
Musobaqasi | ||||
|
Klubning anʼanaviy rangi — qizil-oq, shuning uchun jamoa Rojiblancos (qizil-oqlar) taxallusini ham olgan. „Sherlar“ taxallusi esa Muqaddas Mamas cherkovi yonida joylashganidan kelib chiqadi. Xristianlikning eski davrlarida Mamas rimliklarning sherlariga gʻajib tashlash uchun tashlab qoʻyilgan. Lekin sherlar Mamasni yeyishmadi. Keyinroq u muqaddas chehra deb hisoblana boshlandi.
Klub faqatgina mahalliy futbolchilardan foydalanish siyosati bilan mashxur. Bu tanqidga ham asos boʻladi, shuningdek, bundan iftixorlanish tuygʻusi ham mavjud. Klubga nafaqat Basklar mamlakatida tugʻilgan futbolchilar jamoaga jalb etilgan va yana asli basklardan boʻlganlar ham jamoaga qoʻshilgan. Masalan, Braziliyada tugʻilgan Biurrun va Yevropa va Jahon chempioni boʻlgan Fransiya terma jamoasi aʼzosi Biksan Lizarazyularni koʻrsatish mumkin. Biroq bu amaliyot murabbiylar tarkibiga amal qilmaydi. Jamoani juda koʻplab chet el mutaxassislari boshqargan. germaniyalik Yup Xaynkes va fransuz Luis Fernandez, hozirgi murabbiy Marselo Bielsalarni misol tariqasida olish mumkin. Jamoa koʻpchilik ispan komandalarga oʻxshab, kelib chiqishi britaniyaga bogʻliq, „Atletik“ oti ham shundan kelib chiqqan.