![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/48/Dehqonobod_tumani.png/640px-Dehqonobod_tumani.png&w=640&q=50)
Dehqonobod tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dehqonobod tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatida joylashgan boʻlib, 1926-yil 29-sentabr da tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Gʻuzor tumani bilan birlashtirilgan. 1971-yil 31-avgustda qayta tuzildi). Dehqonobod tumani viloyatning janubi-sharqida joylashgan. Shimoli-gʻarbda Gʻuzor tumani, shimoli-sharqda Qamashi tumani, janubi-sharqda Surxondaryo viloyati, gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 4,0 ming km2. Aholisi 153,1 ming kishi (2022). Dehqonobod tumanida 1 ta shaharcha (Qorashina), 14 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshqoʻton, Bibiqorasoch, Bozortepa, Boshchorboq, Duob, Obiravon, Oqirtma, Oqmachit Oqrabot, Oqtosh, Qizilcha, Qirqquloch, Qorashina, Qoʻrgʻontosh) bor. Markazi — Qorashina shaharchasi.[1]
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/dd/Dehqonobod_istirohat_bog%27i.jpg/640px-Dehqonobod_istirohat_bog%27i.jpg)
Qisqa faktlar tuman, Tarkibida ...
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Qashqadaryo viloyati |
Maʼmuriy markazi | Qorashina |
Hokim | Akrom Sulaymonov |
Aholi (2022-yil 1-yanvar) | 153,1 ming kishi |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Rasmiy sayti | http://dehqonobod.uz/ |
Xaritada | |
![]() | |
38°20′23.3″N 66°33′44.3″E |
Yopish