From Wikipedia, the free encyclopedia
Dean Bradley Henderson (inglizcha: Dean Bradley Henderson; 1997-yil 12-martda Kambriya, Angliyada tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, "Manchester United" va Angliya terma jamoasi darvozaboni. Hozirda u „Nottingem Forest“ da ijara asosida oʻynamoqda.
Toʻliq ismi | Dean Bradley Henderson |
---|---|
Tavalludi | 1997-yil 12-mart (25 yosh) Kambriya, Angliya |
Fuqaroligi | Angliya |
Boʻyi | 188 sm |
Ampluasi | Darvozabon |
2005-yildan 2011-yilgacha Dean Henderson „Karlayl United“ futbol klubining yoshlar akademiyasida oʻynagan. 2011-yilda 14 yoshli darvozabon Dean „Manchester United“ akademiyasiga qoʻshildi[1].
2013/14-yilgi mavsumda Henderson Manchester Unitedning 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasi[2] aʼzosiga aylandi va darhol Akademiya jamoasining birinchi jamoasidan joy oldi[3]. 2014/15-yilgi mavsumda u akademiya jamoasida 25 ta oʻyin oʻtkazib, mustahkam oʻyin koʻrsatishda davom etdi, biroq jarohat tufayli mavsumning soʻnggi oʻyinlarini oʻtkazib yubordi. Henderson yilning eng yaxshi yosh futbolchisi Jimmi Merfi mukofotiga nomzodlar qatorida edi, shuningdek Aksel Tuanzebe sovrinni qoʻlga kiritgan[1]. 2015-yilning avgustida Henderson oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan[4].
2016-yilning 22-fevralida, asosiy jamoa darvozabonlarining bir qator jarohatlaridan so‘ng, Dean Henderson Angliya kubogi doirasida Shrusberi Taunga qarshi o‘yinda birinchi marta birinchi jamoa o‘yini uchun tarkibga kiritildi, ammo maydonga tushmadi[5].
2018-yilning iyun oyida Dean henderson "Manchester United" bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirdi[6].
Dean „qizil iblislar“ safidagi debyutini 2020-yil 22-sentyabr kuni „Luton Taun“ ga qarshi Futbol Ligasi kubogi oʻyinida oʻtkazdi.
2018/19-yilgi mavsum boshlanishidan oldin u Chempionship klubi „Sheffild Unitedga“ ijaraga oʻtdi[7].
2022-yilning 2-iyulida „Nottingem Forest“ ga mavsumiy ijaraga o‘tdi va Henderson Premer-ligaga qaytdi[8].
2012-yildan 2014-yilgacha Dean 16 yoshgacha va 17 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasida oʻynadi va ular tarkibida jami oltita oʻyin oʻtkazdi. 2017-yilda u 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi 2017-yilgi jahon chempionati[9] uchun Angliya U-20 terma jamoasiga kiritilgan. Turnirda Henderson zaxira darvozaboni boʻlgan va Gvineyaga qarshi bitta oʻyin oʻtkazgan[10]. Shuningdek, Dean 20 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasi jahon chempionatida gʻolib chiqgan[11].
Klub | Mavsum | Liga | Angliya kubogi | Yevrokubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyinlar | Golar | Oʻyinlar | Golar | Oʻyinlar | Golar | Oʻyinlar | Golar | ||
Manchester United | 2015/16 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 1 |
2016/17 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 1 | |
2017/18 | 0 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | |
2018/19 | 3 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | |
2019/20 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 4 | 2 | |
2020/21 | 13 | −12 | 4 | −5 | 5 | −3 | 26 | −22 | |
2021/22 | 0 | 0 | 1 | −1 | 1 | −1 | 3 | −3 | |
Jami | 13 | −12 | 5 | −6 | 6 | −4 | 29 | −25 | |
Stokport Okrugi(ijara) |
2015/16 | 9 | −11 | 0 | 0 | 0 | 0 | 9 | −11 |
Jami | 9 | −11 | 0 | 0 | 0 | 0 | 9 | −11 | |
Grimsbi Taun(ijara) |
2016/17 | 7 | −6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 7 | −6 |
Jami | 7 | −6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 7 | −6 | |
Sheffild United (ijara) |
2018/19 | 46 | −41 | 0 | 0 | 0 | 0 | 46 | −41 |
2019/20 | 36 | −33 | 4 | −4 | 0 | 0 | 40 | −37 | |
Jami | 82 | −74 | 4 | −4 | 0 | 0 | 86 | −78 | |
Jami martaba uchun | 149 | −135 | 11 | −11 | 6 | −4 | 179 | −159 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.