![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e8/David_Ben-Gurion_%2528D597-087%2529.jpg/640px-David_Ben-Gurion_%2528D597-087%2529.jpg&w=640&q=50)
David Ben-Gurion
From Wikipedia, the free encyclopedia
David Ben-Gurion (ivritcha: דָּוִד בֶּן-גּוּרִיּוֹןⓘ, tugʻilgandagi ismi: David Yosef Grin (idishcha: דוד יוסף גרין); 1886-yil 16-oktyabr, Plonsk, Plotsk gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 1973-yil 1-dekabr, Tel-Aviv, Isroil[1]) – yahudiy siyosat va davlat arbobi, sionizmning yirik namoyandasi, Falastindagi yahudiy ishchi harakati rahbari va Isroilning birinchi Bosh vaziri (1948—1953 va 1955—1963). Isroil davlatining asoschilaridan biri[2]..
David Ben-Gurion | |
---|---|
דָּוִד בֶּן־גּוּרִיּוֹן | |
![]() Ben-Gurion 1960-yilda | |
Birinchi Isroil Bosh vaziri | |
Mansab davri 1955-yil 3-noyabr – 1963-yil 26-iyun | |
Prezident |
|
Bosh vazir |
|
Oʻtmishdoshi | Moshe Sharett |
Vorisi | Levi Eshkol |
Mansab davri 1948-yil 17-may – 1953-yil 7-dekabr | |
Prezident |
|
Bosh vazir | oʻzi |
Oʻtmishdoshi | yangi lavozim |
Vorisi | Moshe Sharett |
Isroil Muvaqqat Davlat Kengashi raisi | |
Mansab davri 1948-yil 14-may – 1948-yil 16-may | |
Oʻtmishdoshi | Chaim Weizmann |
Vorisi | yangi lavozim |
Mudofaa vaziri | |
Mansab davri 1955-yil 21-fevral – 1963-yil 26-iyun | |
Oʻtmishdoshi | Levi Eshkol |
Vorisi | Pinhas Lavon |
Mansab davri 1948-yil 14-may – 1954-yil 26-yanvar | |
Oʻtmishdoshi | Pinhas Lavon |
Vorisi | yangi lavozim |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
David Grin 16-oktyabr 1886-yil Plonsk, Kongress Poland, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1-dekabr 1973-yil(1973-12-01) (87 yoshda) Ramat Gan, Isroil |
Fuqaroligi |
|
Siyosiy partiyasi |
|
Turmush oʻrtogʻi |
Paula Munweis (turm. 1917; vaf. 1968) |
Bolalari | 3 |
Alma mater | Istanbul universiteti |
Isroilning birinchi oʻnta hukumatida mudofaa vaziri (1948—1954, 1955—1963), uchinchi Isroil hukumatida transport vaziri (1952). Sotsialistik-sionistik Mapai partiyasi asoschisi va raisi (1930—1963), Isroil yahudiy agentligi raisi (1935—1948). Knessetning 1–7-chaqiriqlari deputati (1949—1970)[3].
David Ben-Gurion 1948-yil 14-mayda Isroilning Mustaqillik Deklaratsiyasini oʻqib chiqadi va yangi davlat boshqaruvini oʻz zimmasiga oladi. Ben-Gurion boshchiligida 1947—1949-yillardagi arab-isroil urushida Isroil oʻz mustaqilligini tasdiqladi. Aynan u yahudiy davlatining poydevorini qoʻygan, asosiy masalalarni hal qilish va Isroil davlatining asosiy institutlarini shakllantirishga bevosita taʼsir koʻrsatgan.